Liviyada muxolifat armiya hujumini qaytargan

  • Amerika Ovozi

Muxolifat qo'lida qurol kam

Liviya g’arbida, Zaviya shahrida muxolifat Muammar Qaddafiyga sodiq kuchlar bilan to’qnashgan.

Liviyada muxolifat armiya hujumini qaytargan

Olishuv bir necha soat davom etgan. Muxolifat qo’lida qurol-aslaha kam. “Qaddafiyni yolg’iz o’zimiz hayday olmaymiz”, - deydi isyonchilar.

Bir necha kun oldin ular qo’liga o’tgan Misrata shahri ham hozir hukumat kuchlari qurshovda.

O’tgan oy boshlangan qo’zg’olon natijasida namoyishchilar Liviyaning sharqiy viloyatlarini egallab olgan, hozir g’arbiy shaharlar uchun jang ketmoqda.

Liviyada muxolifat armiya hujumini qaytargan

Guvohlarning aytishicha, Qaddafiy kuchlari Bing’ozi shahriga havodan hujum qilib, qurol omborini portlatgan.

Faollar “qarshi o’t ochdik”, deydi.

AQSh telekanallariga intervyu bergan Qaddafiy talqinicha, bu xabarlar yolg’on.


“Butun xalq unga qarshi bosh ko’tardi degan gaplar safsata”,- deydi u.

“Liviyada hamma yoq tinch. Hech kim menga tosh otmaydi. Xalqim meni sevadi va o’lsa ham, meni himoya qilishga tayyor”, - dedi Qaddafiy.

Liviyada muxolifat armiya hujumini qaytargan

Qahqaha otib gapirgan Qaddafiy o’zini Liviya rahnamosi deb ataydi.

Uningcha, to’polonlar ortida terroristlar, xususan al-Qoida guruhi turibdi.

Xalqaro hamjamiyat bu so’zlardan hayratda.

AQShning BMTdagi elchisi Syuzan Rays nazarida Qaddafiyning hushi o’zida emas.

“Ommani qirib, yana kulish nimasi? Bu holatda davlatni boshqarib bo’ladimi?” - deydi Rays.

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti qirg’inni to’xtatish uchun barcha tadbirlar ustida o’ylanmoqda”, - deydi u.

http://www.youtube.com/embed/vqEr2O9YLNs