Bugun Germaniya hukumati Liviyaning Muammar Qaddafiyga qarshi kurashayotgan isyonchi kengashini Liviya xalqining qonuniy vakili sifatida rasman tan oldi. Germaniya Tashqi ishlar vaziri Gido Vestervelle isyonchilar markazi Bing'ozi shahrida bu haqda e'lon qilgan. Aytish joizki, Germaniya NATOning Qaddafiyga qarshi havo hujumlaridan ishtirok etmayapti. Shu kungacha muxolifat kengashini Fransiya, Italiya, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari tan olgan.
AQSh ma'muriyati isyonchilarga yaqindan yordam beradi, ammo kengashni tan olmagan hali.
Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton Efiopiya poytaxti Addis-Abbebada Afrika Ittifoqi qarorgohiga tashrif buyurib, qit'a davlatlarini Qaddafiydan yuz o'girishga hamda muxolifat bilan ishlashga chaqirdi. Uning aytishicha, mintaqa rahbarlari Qaddafiydan isyonchilarga qarshi harakatlarni to'xtatib, hokimiyatdan ketishni talab qilishi, o'z mamlakatlaridan Liviya rahbariga sodiq diplomatlarni haydashi lozim.
Bugun Liviyaning poytaxt Tripolidan 50 kilometr narida joylashgan Zaviya shahrida isyonchilar Qaddafiy kuchlari bilan to'qnashgan. Zintan shahrida esa armiya snaryad va raketa otib, besh kishini o'ldirgan. Dafniyada esa olishuvda olti kishi halok bo'lgan.