Breaking News

Xalqaro jinoiy sud prokurori Liviya rahbariyatiga qarshi dalillarni sudga taqdim etmoqda


Xalqaro jinoiy sud prokurori Luis Moreno-Okampo
Xalqaro jinoiy sud prokurori Luis Moreno-Okampo

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud prokurori Luis Moreno Okampo Liviya rahbari Muammar Qaddafiy, bir o'g'li va xavfsizlik kuchlari boshlig'ini insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblab, ularni hibsga olishga order chiqarishni so'rab sud hay'atiga murojaat etgan.

Okamponing aytishicha, uning qo'lida Muammar Qaddafiy, Sayful Islom Qaddafiy va Abdulla al-Sanusiyga qarshi yetarlicha dalil bor. Liviya rahbari tinch fuqarolarni o'qqa tutishga shaxsan buyruq bergan va menda buning isboti bor, deydi prokuror.

Okampo ayblovi 74 sahifadan iborat. Sudyalar dalillarni o'rganib chiqib, hibsga olishga buyruq berishi, bermasligi yoki qo'shimcha dalil talab qilishi mumkin. Jarayon bir necha hafta olishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG