Breaking News

Oq Uy va Kongress Liviya urushi yuzasidan tortishmoqda


Oq Uy va Kongress Liviya urushi yuzasidan tortishmoqda
Oq Uy va Kongress Liviya urushi yuzasidan tortishmoqda

Barak Obama va uning ma'muriyati Liviyaga nisbatan harbiy missiya qonun doirasida amalga oshirilmoqda deydi.

Kongressda hukmron respublikachilar orasida prezident urush vakolatlarini suiiste'mol qilgan degan fikr keng tarqalgan. Ayrim qonunchilar Obamani sudga berishga ahd qilgan.

Kongress, AQSh qonunchilik organi
Kongress, AQSh qonunchilik organi

Oq Uy Kongressga 33 betli hujjat yuborib shuni tushuntirayaptiki, Liviyaga qarshi chora ko'rishda AQSh yordamchi rolini o'tamoqda va buning uchun prezident Kongressdan ruxsat olishi shart emas.

AQShda 1973 yilda qabul qilingan qonunga binoan 60 kundan ortiqqa cho'zilgan harbiy harakat Kongress tasdig'idan o'tishi shart.

Jon Beyner, respublikachi, Vakillar Palatasi spikeri
Jon Beyner, respublikachi, Vakillar Palatasi spikeri

Prezident Kongressga Liviyaning 42 yillik, "shafqatsiz" rahbari Muammar Qaddafiyga qarshi operatsiyaga bosh qo'shayotgani haqida 20 mart kuni ma'lum qilgan. Shunday ekan, deydi ba'zi qonunchilar, missiya 20 iyungacha yakunlanishi lozim.

Oq Uy matbuot kotibi Jey Karnining aytishicha, Kongress prezident o'z vakolatlari doirasida ish tutayotgani va bu missiya ahamiyatini tushunadi degan umidda.

Muammar Qaddafiy tuzumi hamon NATO havo hujumlari ostida. Missiya Yevropa va AQSh hamkorligida boshlangan.
Muammar Qaddafiy tuzumi hamon NATO havo hujumlari ostida. Missiya Yevropa va AQSh hamkorligida boshlangan.

Vakillar Palatasi spikeri, respublikachi Jon Beyner davlat rahbariga ogohlantirish berib, uni Kongressdan shu haftayoq ruxsat so'rashga chaqirmoqda.

Kongressning 10 a'zosi, jumladan urushga qarshi demokrat Dennis Kusinich prezidentni sudga berib, Obama "ruxsatsiz urush ochdi va qonunlarni buzdi" deya arz qilgan.

Oq Uy nazarida esa bu asossiz ayblovlar.

Tripoli
Tripoli

Yevropa qistovi va AQSh quvvatlovi bilan boshlangan missiya mas'uliyati bugun NATO bo'ynida, ammo moddiy va harbiy jihatdan bu operatsiya Amerika kuchiga tayanmoqda.

Liviyada Qaddafiyga qarshi qozg'olon qonli tus olib, uzoq yillik rahbar o'z xalqiga nisbatan keng ko'lamli qurolli hujumlar boshlagach, G'arb tomoshabin bo'lib tura olmadi, begunoh insonlar qoni to'kilmasligi uchun chora ko'rish insoniy burch, deydi Oq Uy rasmiylari.

Tanqidchilar fikricha esa Amerika va uning Yevropadagi ittifoqchilari har bir zolim rahbarga qarshi urush ocha olmaydi va ochishga qaror qilganida ham uzoq o'ylab, puxta reja bilan harakat qilishi kerak.

Obama ma'muriyati esa maslahat bilan ish ko'rayotganini aytib, bu qisqa muddatli, cheklangan missiyadan maqsad Qaddafiy tuzumini barbob qilish deb keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG