BMT Liviyada qo'shma hukumat tuzishda yordam beradi

  • Amerika Ovozi

BMT shafeligida qo'shma hukumat haqida bitim imzolagan tomonlar - Mohammed Shoayb, Tobruk shahridagi hukumat vakili, Fayz Sarraj, Liviya Bosh vaziri, Milliy kongressdan Solih Almhozom

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Liviyada qo'shma hukumat tuzishga doir kelishuvni bir ovozdan olqishlayapti.

Kelishuv o'tgan hafta imzolangan edi. Uning ijrosi uchun kengash bor kuchini ishga solmoqchi.

Hukumat yaqin 30 kunda shakllanishi kerak bo'ladi.

Liviyaning BMTdagi elchisi Ibrohim Dabbashi esa uning davlatiga qo'yilgan qurol-aslaha embargosini yumshatishni so'radi.

Liviya o'zini "Islomiy davlat" nomli jangari to'dadan himoya qilishi uchun zarur bu, deydi u.

2011-yilda Muammar Qaddafiy hukumatdan ag'darilganidan beri mamlakat beqaror. Shundan buyon hozir o'lkada bir necha raqib guruhlar hukmron.

Your browser doesn’t support HTML5

Liviyadagi fojia, Obama nima deydi?/US Libya

Your browser doesn’t support HTML5

"Islomiy davlat" ga qarshi kurash - Liviya yordam so'rayapti