O'zbekiston Oliy sudi sobiq raisi, sobiq adliya vaziri va respublikaning AQShdagi ilk elchisi Bobur Malikov nazarida hukumat xalqni Karimovning sog'lig'i haqida xabardor etib turishi kerak edi. 1990-yillar o'rtalaridan beri Vashingtonda yashab kelayotgan sobiq huquqshunos va diplomatning "Amerika Ovozi"ga aytishicha, Karimovdan keyingi O'zbekistonda hayot hozirgisidan unchalik farq qilmaydi. Odil Ruzaliev intervyusini tomosha qiling.