Makkeyn: Afg'oniston bilan xavfsizlik bitimi ma'qullanish arafasida

  • Amerika Ovozi
Respublikachi senator Jon Makkeyn va boshqa qonunchilar Afg'onistonga safar qilib, prezident Hamid Karzay bilan ko'rishgan. Taraflar Amerika-Afg'oniston xavfsizlik bitimini imkon qadar tezroq imzolash zaruratini muhokama qilgan.

Makkeynning ogohlantirishicha, Karzay ishni paysalga solaversa, bundan ham Afg'oniston, ham qo'shni davlatlar ziyon ko'rishi mumkin.

Arizonadan respublikachi senator nazarida kelishmovchilikka qaramasdan, Vashington va Kobul murosaga moyillik bildirmoqda. Hujjatning yaqin kunlarda yoki haftalarda ma'qullanishi ehtimoli yuqori, deydi u.

Makkeyn Kobulda muxbirlar bilan gaplashdi. Uning aytishicha, xavfsizlik bo'yicha kelishuv afg'on yurti kelajagi uchun g'oyat zarur.

Makkeyndan tashqari, senatorlar Jon Barasso va Lindsi Grehem ham bugun Karzay bilan muzokarada qatnashdi.

Xavfsizlik kelishuvi imzolanmasa, AQSh va NATO boshliq qo'shinlar shu yil oxirigacha Afg'onistondan butunlay ketishi kerak bo'ladi.

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh Afg'onistondan chiqishni tezlashtiradi/Afghanistan US exit