Saudiya Arabistoni
Arab faollari ommani ertaga namoyishga chiqishga internet orqali da'vat etmoqda. Har juma ayrim arab davlatlarida "G'azab kuni" deb belgilangan. Odamlar juma namozidan so'ng hukumatga qarshi namoyish qiladi. Saudiya Arabistoni hukumati chiqishlarni taqiqlagan.
Shunga qaramay bir necha ming odam internet orqali munozara qilib, namoyishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Siyosiy va ijtimoiy sohalarda islohotlarni talab qilishmoqchi.
O'tgan oy qirol Abdulla davlat xizmatchilari maoshlarini oshirishga va ijtimoiy dasturlar uchun katta mablag' ajratishga so'z bergan edi.
Yaman
Yaman prezidenti Ali Abdulla Solih uning iste'fosini talab qilayotgan namoyishchilarni tinchlantirish maqsadida mamlakatda joriy yilda yangi konstitutsiya bo'yicha referendum o'tkazilib, parlament boshqaruviga o'tilishi haqida so'zlagan.
Yangi qomus, deydi mamlakatning 32 yillik rahbari, qonunchilik va ijroiya organlar vakolatini ajratadi.
Faollar poytaxt Sanoda namoyish qilar ekan, korrupsiya va ishsizlikdan nolimoqda.