Amerikaning Yevropadagi ittifoqchilari saylov poygasini yaqindan kuzatmoqda. Donald Tramp prezidentligi davrida transatlantik aloqalar salbiylashdi. AQShning ayrim sheriklari Jo Bayden g’alabasiga umid qilmoqda. Boshqalar esa Trampning Yevropaga qo’ygan talablarini olqishlaydi.
2016-yilgi saylov g’alabasidan so’ng Tramp NATOni eskirgan tashkilot deb atagan. Chunki, unga ko’ra, alyans terrorga qarshi kurashmayotgan edi.
Bu bayonot Rossiyadan xavfsiragan ittifoqchilarni xavotirga solgan. Ammo 2017-yilga borib Trampning fikri o’zgardi.
“Ular terrorizmga qarshi kurashyapti. Tashkilot endi eskirgan emas", - degan edi Tramp.
Buni ham ko'ring Tramp, Bayden va NATO kelajagiYevropa uchun bunday o’zgaruvchanlik oson bo’lmayapti, deydi tahlilchi Juli Norman.
“Hammaga ishonsa bo’ladigan hamkor kerak. Ayniqsa tarixan shunday mavqega ega bo’lgan AQSh haqida gap ketganda”, - deydi u.
Xo’sh, NATO davlatlari Jo Bayden haqida qanday fikrda?
“Bayden, o’tmishdagi faoliyatiga qaraganda, NATOga xayrixoh. Harbiy alyans Yevropa xavfsizligining asosi bo’lib qolmoqda”, - deydi siyosatshunos Ayan Bond.
Tramp tarafdorlari uning ishlariga qarab baho bering, deydi. 2017-yilda prezident Polshada amerikalik askarlar va harbiy texnikani joylashtirdi. Bu Sovuq urushdan beri NATOning eng yirik qarorlaridan. Polsha va boshqa sovet davlatlarida Trampni xush ko’rishadi.
“O’sha davlatlarning ayrimlari Trampning ikkinchi muddatga qolishini istaydi”, - deydi Norman.
Biroq Germaniya haqida gap ketdanda, Tramp Berlinni NATOga yetarlicha mablag’ ajratmayotganlikda ayblaydi va bu mamlakatdan 20 ming qo’shinni olib chiqishni rejalamoqda.
Muomalasi dag’al bo’lsa-da, AQSh rahbari Yevropa eshitishni istamaydigan haqiqatni aytmoqda, deb hisoblaydi siyosiy tahlilchi Metyu Parris.
“U instinktiv tarzda bir necha masalada haq gapni aytayapti. Ehtimol savdo borasida Xitoyga munosib javob berish kerak edi. U NATO xarajatlari xususida, Yevropa o’z aravasini o’zi tortmayotgani haqida ham to’g’ri gaplarni aytdi”, - deydi Parris.
Vashingtonning Xitoyga nisbatan qat’iy pozitsiyasi Oq uyga kim kelishidan qat’iy nazar o’zgarmaydi.
Buni ham ko'ring AQSh Germaniyadagi qo’shinlari sonini kamaytiradi“Ko’plab demokratlar, jumladan Bayden, Trampning va umuman Yevropaning Xitoyga nisbatan e’tirozlariga qo’shiladi”, - deydi Norman.
Tramp ma’muriyati davrida eng katta transatlantik kelishmovchilik iqlim o’zgarishi bilan bog’liq. Yevropa bu masalada Bayden bilan hamfikr, deydi tahlilchi Lesli Vinjamuri.
“Yevropa AQShda yaqinlashayotgan saylov ahamiyatini juda yaxshi tushunadi. Chunki iqlim muammolari kelasi 10-15 yilda xalqaro miqyosda yanada dolzarb tus olishi aniq”, - deydi u.
Rossiyadan tortib, Yaqin Sharqdagi mojarolar va Turkiya bilan ziddiyatlargacha, Yevropa oldida muammolar talay. Saylovda kim yutib chiqishidan qat’i nazar AQSh ularni hal qilishda muhim rol o’ynaydi.