“Reyter” axborot agentligining tahliliga ko’ra, Rossiya Ukrainaga hujum qilganidan beri Yevropa harbiy salohiyatini va mudofaasini kuchaytirishga kirishgan.
Your browser doesn’t support HTML5
Xususan, Litva maktablarida bomba boshpanalari tashkil etilgan, Finlyandiya harbiy istehkomlar bunyod etyapti, harbiy samolyotlarni trassalarda qo’ndirishni mashq qilyapti, Yevropaning bir necha mamlakatida ko’priklar mustahkamlanmoqda, yo’lovchi samolyotlar uchun mo’ljallangan aeroportlarda harbiy inshootlar qurilmoqda.
"Yevropaning ko’p mamlakatlarida, nafaqat sharqiy, balki boshqa qismida ham infratuzilmada katta kamchiliklar bor”, - deydi NATO harbiy qo’mitasini boshqarayotgan niderlandiyalik admiral Rob Bauer.
Muhim infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish maqsadida Yevropa Ittifoqi keyingi olti yilda salkam 34 milliard yevro sarflashni rejalagan.
NATOning 1991-yildan beri kengayishi natijasida alyans hududi va chegaralari kengaygan, bu esa a’zo davlatlarni mudofaa qilishni qiyinlashtiradi.
Bundan tashqari og’ir harbiy texnikani sharqqa yetkazishda temir yo’l tizimining cheklangani, avtomobil yo’llarining torligi, yo’llar va ko’priklar bo’yicha ma’lumotning yetishmasligi, byurokratiya kabi omillar pand berishi mumkin, deydi AQShning NATOdagi kuchlari sobiq qo’mondoni Ben Xodjes.
"NATO kuchlarini Yevropa bo’ylab tezkor safarbar etish uchun transport salohiyati, infratuzilma yetarli emas”, - deydi u.
Bu esa harbiy rejalashtirish bilan shug’ullanuvchi rasmiylar uchun boshog’riqdir, chunki mojaro paytida muqobil yo’llarga katta ehtiyoj bor.
Boltiq davlatlarida temir yo’l relslari hajmining Yevropa standartlaridan farq qilishi ham muammo. 2030-yilgacha Varshavani Vilnyus, Riga va Tallinga ulovchi tez yurar poyezd yo’lini qurish rejalangan, biroq loyihani amalga oshirish uchun zarur 5,8 milliard yevrodan atigi 1,2 milliardi ajratilgan, xolos.