Afg'onistonda Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi nishonlanmoqda

  • Amerika Ovozi

Kobuldagi Prezident saroyida Navoiyga bag'ishlab o'tkazilgan anjuman, Afg'oniston, 11-aprel, 2016-yil

Afg'oniston shaharlari bo'ylab turkiy shoir Mir Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan poytaxt Kobuldagi Prezident saroyida maxsus anjuman o'tkazildi. Unda Prezident Ashraf G'ani, Vitse-prezident Abdurashid Do'stum, boshqa hukumat rasmiylari hamda xorijlik mehmonlar ishtirok etdi.

Your browser doesn’t support HTML5

Kobulda Navoiy simpoziumi (dari tilida)

"Adolat eshigi Navoiy kabi buyuk shaxslardan ilhom oladi. Bizning bu hukumatdan maqsadimiz adolatli tizim o'rnatish, toki Navoiyning xayrli talablari haqiqatga aylansin", - dedi Prezident Ashraf G'ani.

"Bugun biz dunyoning eng yirik mutafakkirlaridan birining 575-tavallud yubileyini nishonlayapmiz. Biz bu kunning ahamiyatini tushunishimiz kerak", - dedi mamlakat Vitse-prezidenti Abdurashid Do'stum.

Navoiy xalqaro simpoziumi besh kun davom etadi. Kobul, Hirot shaharlari va Balx viloyatida shoir va davlat arbobi sharafiga turli tadbirlar o'tkaziladi. Ularda mahalliy fuqarolar va xorijlik mehmonlar ishtirok etadi.