Qirg'izistonda Navro'z tantanalari
Milliy kiyimdagi qirg'iz ayoli qo'lida uyg'onish ramzi bo'lgan bahor taomi bilan.
Qirg'iz milliy kiyimidagi raqqosalar bayram dasturiga tayyorlanmoqda.
Navro'z yoshu qariga birdek bahoriy kayfiyat ulashadi.
Ko'pkari - Qirg'izistonda eng ommabop sport turi.
Chavandozlar ko'pkari musobaqasini boshlash arafasida.
Qirg'izistonda Navro'z bayrami ko'pkarisiz o'tmaydi.
Qirg'iz milliy kiyimidagi yosh qizcha.
Bayram, avvalo, bolalarniki.
Navro'z kuni dam olish oromgohlari bolalar bilan gavjum bo'ladi.
Bugun bolalarbop mahsulotlar bozori chaqqon.
Bayram do'stu yorlarga uchrashuv uchun bahona.
Maydonda qirg'iz xalqining milliy uyi - o'tov tikilgan.
Qirg'izistonda ham Navro'z bayrami sumalaksiz o'tmaydi.
Qo'ni-qo'shnilar sumalak pishirish bilan ovora.
Qirg'izistonda Navro'z bayrami, odatdagidek, sovetlar davridan qolgan Lenin haykali poyida o'tmoqda.
Bahor gullari o'zini Navro'zga armug'on etayotgandek.