G'arbda yirik media imperiya tergov ostida

  • Amerika Ovozi

G'arbda yirik media imperiya tergov ostida

Amerika va Britaniyadagi gazeta, jurnal va telekanallar sohibi, avstraliyalik Rupert Murdok ommadan kechirim so’ramoqda.

Sabab – uning qo’li ostidagi nashrlardan biri “News of the World”, deyarli bir yarim asrdan beri jahon yangiliklarini yoritib kelgan gazeta, odamlar ustidan josuslik qilgan va pora evaziga ma’lumot yiqqan.

Fuqarolarning telefondagi muloqotlari maxfiy ravishda yozib olingan. Bu ishlar ayon bo’lgach, gazeta ishini to'xtatdi, yopildi.

Rupert Murdok, yirik axborot vositalarini o'z ichiga olgan korporatsiya egasi

Endilikda Rupert Murdokning boshqa kompaniyalari ham tekshiruv ostida. Ayrimlarining rahbarlari ishdan bo’shagan.

Masalan AQShda asoslangan, global tijorat va sarmoya sohasini yorituvchi “Dow Jones” media kompaniyasini boshqargan Les Xinton.

Rupert Murdokning “News Corporation” nomli ulkan media imperiyasi AQShdagi “Wall Street Journal” va “Fox” telekanallari singari axborot vositalariga egalik qiladi.