Norvegiya hamon motamda

  • Amerika Ovozi

Norvegiya hamon motamda

O’tgan oy qonli voqealarni boshdan kechirgan Norvegiyada bugun minglab fuqarolar, o’sha dahshatli kunning guvohlari Otoya oroliga borib, u yerda yur bergan otishmani yodga oldi.

32 yoshli Anders Bering Breyvik bu yerda va poytaxt Osloda begunoh insonlarga hujum qilib, ularni o’ldirganini tan olgan. Jami 69 kishi halok bo'lgan.

Breyvik qilgan ishini jinoyat deb bilmaydi. Qo’liga qurol olib, odamlarga Norvegiya va butun Yevropa xavf ostida ekanini eslatib qo’ymoqchi bo’lganini aytadi.

Anders Bering Breyvik

Maqsad Yevropani musulmonlardan himoya qilish, ularning bu qit’ada ko’paymasligini ta’minlash, deydi u, so’roq qilinganida. Breyvik siyosatchilarni madaniy xilma-xillik uchun sharoit yaratib, uning dini va millatiga tahdid solganlikda ayblaydi.

Breyvikning advokati uning ruhan kasal ekanini qayd etadi.

22 iyuldagi xurujda yaralanib omon qolgan Adrian Prakon deydiki, voqea joyiga kelib, fojiani eslash unga dalda bermoqda.

“Hayot davom etadi, mana shuni tushunishga harakat qilayapman, ertangi kun haqida o’ylash kerak axir”,- deydi u.