Norvegiya poytaxti Osloda o’n minglab fuqarolar yig’ilib, ahillik, millatlar do’stligini olqishlamoqda. Odamlar gullar va bayroqlar ko’tarib, tinchlik haqida kuy-qo’shiqlar aytmoqda.
O’tgan yilning iyulida norvegiyalik Anders Bering Breyvik hukumat idorasi va yoshlar lagerida qatliom uyushtirib, 77 odamning yostig’ini quritgan edi.
Breyvikning aytishicha, bu odamlar immigratsiyani qo’llab-quvvatlab, Yevropa madaniyatini yemirishga hissa qo’shgan. Norvegiyada oliy jazo yo’q.
Breyvik aybdor topilsa, 21 yilga qamaladi va bu muhlat uzaytirilishi mumkin.