AQSh Milliy xavfsizlik idorasi yonida otishma, bir kishi o'lgan

  • Amerika Ovozi

Milliy xavfsizlik agentligi poytaxt Vashingtonda 40 kilometr narida, Merilend shtatida joylashgan.

Ikki kishi ketayotgan mashina dushanba kuni Amerika Milliy xavfsizlik agentligining darvozasiga kelib urilgan.

Ular soqchilarni bosib o'tishga uringani, to'xtash haqidagi buyruqqa quloq solmagani xabar qilinadi. Shu bois soqchilar o't ochgan.

Federal qidiruv idorasining "Amerika Ovozi"ga aytishicha, terrorizm alomatlari topilganicha yo'q. Mashinadagi erkaklar ayol libosida bo'lgani, biri o'lgani, ikkinchisi jarohatlangani ma'lum.

Mashina kelib urinishi natijasida bir politsiyachi jarohat olgan.

Oq uyning bildirishicha, Prezident Barak Obama voqeadan boxabar qilingan.

Milliy xavfsizlik agentligi poytaxt Vashingtonda 40 kilometr narida, Merilend shtatida joylashgan.

Harbiy inshootda boshqa federal idoralar ham, jumladan, Mudofaa axborot agentligi ham ishlab turibdi.

Merilenddagi bu agentlikda 29 ming oddiy mutaxassis va 11 ming harbiy bor.

Your browser doesn’t support HTML5

Politsiya va jamiyat

Your browser doesn’t support HTML5

AQShda politsiya faoliyati keskin tanqid ostida - US Police Militarization