Federal sudya hukumatning yashirin kuzatish odatini qonuniy topdi

  • Amerika Ovozi

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden shu yil boshida millionlab fuqarolar razvedkaning tekshiruvida ekanini fosh etgan edi.

Nyu-Yorkdagi federal sudya hukumatning maxfiy kuzatuv dasturini qonuniy, terrorizmga qarshi kurashda foydali deb topdi.

Sudya Vilyam Polining aytishicha, fuqarolar kimga telefon qilganini tekshirish uzviy huquqlarni poymol qilmaydi, aksincha, terrorizmning ildiziga bolta uradi.

2001-yilning 11-sentabr xurujini misol qilar ekan, hukumat ogoh bo’lmasa, oqibati ayanchli bo’ladi, dedi sudya.

Sal oldin Nyu-Yorkda erkinlik uchun kurashuvchi uyushma hukumatning pinhona kuzatish dasturini savolga tutib, sudga murojaat qilgan edi.

Avvalroq Vashingtondagi mahalliy sudya ushbu dasturni konstitutsiyaga xilof, deya xulosa qilgan edi.

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden shu yil boshida millionlab fuqarolar razvedkaning tekshiruvida ekanini fosh etgan edi.

Vatanida josuslikda ayblanayotgan Snouden hozir Rossiyada yashayapti.