2013-yilda prezident Barak Obama tashqi siyosatda ancha chigalliklar bilan yuzlashdi. Suriyada fuqaro urushi, Misrda siyosiy beqarorlik, Eron yadro dasturi, Xitoy va Rossiya bilan munosabatlar…
2013-yil voqealarga boy bo’ldi. Suriyada kimyoviy qurollar qo’llanganidan keyin urush dag’dag’asidan tortib, Qo’shma Shtatlar va Eron rahbarlari o’rtasidagi tarixiy muloqot va Jenevada imzolangan kelishuvgacha.
Obama Xitoy prezidentini qabul qildi. Afrikada bo’lib, Nelson Mandela bilan vidolashdi.
Dunyo bo’ylab olib borilayotgan maxfiy kuzatuv dasturlari bois AQSh rahbari ittifoqchilar oldida izza bo’ldi.
Obama Katta Yigirmalik majlisida qatnashish uchun Rossiyaga bordi, lekin Vladimir Putin bilan uchrashuvni bekor qildi.
BMT minbaridan turib dunyo ahliga murojaatida Obama Amerikaning global mojarolarga aralashuvi ba’zida norozilik uyg’otishini tan oldi.
“Global liderlikni boy bermasligimiz kerak. O’zimiz uchun va dunyo xavfsizligi uchun”, - deydi Obama.
Jons Xopkins universitetidan Daniel Serverning aytishicha, kimyoviy qurollar Suriyadan urush-janjalsiz olib chiqilgani Obama uchun o’ziga xos g’alaba.
“Lekin shuni unutmaylikki, muxolifat safida ekstremistlar ko’paymoqda. Bashar al-Assad bir kun kelib hokimiyatdan ketsa, ular hukumatga kelishi xatarli. Urush sabab qo’shni davlatlar ham notinch – Iroq, Iordaniya, Turkiya, Livan”.
Obama tashqi siyosiy masalalarga ko’proq vaqt ajratishi amri mahol, deya hisoblaydi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazidan Xezer Konli.
“Hozir butun e’tibor ichki masalalarda – razvedka va xavfsizlik, sog’liqni saqlash islohoti, byudjet va qarz mashmashasi. Obama shularni hal qilsa ham katta gap”, - deydi olima.
2014-yilda AQSh va NATO zobitlarining aksar qismi Afg’onistonni tark etadi. Bu mamlakatdagi uzoq yillik qonli urushdan ko’rilgan ziyon va yutuqlarni xalqqa sarhisob qilib berish Obamaning zimmasida, deydi olima.
“Afg’onistonga nima uchun qo’shin olib kirgan edik-u, 10 yildan oshiq vaqt mobaynida nimalarga erishdik? Bu savolga javob berish oson emas”.
So’nggi ommaviy so’rovlar natijasiga qaraganda, amerikaliklar mojarolardan charchagan. Ammo Obama fikricha, dunyo muammolariga loqaydlik xato bo’ladi.
“Xorijda Amerikaning obro’si tushib ketayapti, deb ko’pincha prezidentni tanqid qilishadi. Lekin chet eldagi odamlar bilan suhbatlashsangiz, teskari xulosa kelib chiqadi. Ko’plab davlatlarda AQSh nufuzi hamon baland”, - deydi Daniel Server.
2014-yilda Eronning yadro dasturi bo’yicha muzokaralar davom etadi. Suriya tinchlik anjumani yanvarga belgilangan. Vashington, shuningdek, Afg’oniston va Pokiston, Xitoy va Rossiya bilan aloqalarni tekislashi kerak.
Your browser doesn’t support HTML5