AQSh rahbari Barak Obama immigratsiya islohotiga doir qonun haligacha qabul qilinmaganini prezidentligining eng katta kamchiligi deya tan olib, bunda muxolifatni, Respublikachilar partiyasini ayblamoqda.
“Qat’iy harakat qildik, lekin Vashingtonda siyosiy muhit shunaqaki, biror ishni bitkazish qiyin”, - deydi Obama ispan tilida ko’rsatuvlar uzatuvchi Univision telekanaliga bergan intervyusida.
Barak Obama saylanganida to’rt yil ichida mamlakat immigratsiya tizimini butkul isloh qilishga va’da bergan edi.
“Prezidentligimning birinchi yilida iqtisodiy krizisga qarshi choralar prioritetga aylandi. Respublikachilarning befarqligi sabab immigratsiya masalasi qolib ketdi”, - deydi u.
Amerikada taxminan 11-12 million noqonuniy muhojir bor. Oq uy uchun poygada bu asosiy mavzulardan biri. Konservativ siyosatchilar ularni deportatsiya qilish kerak desa, ikkinchi muddatga harakat qilayotgan demokrat prezident Barak Obama bu adolatdan emas deydi.
U shu yoz imzolagan qarorga muvofiq, Amerikaga yoshligida olib kelingan muhojirlar deportatsiya qilinmaydi va ular muayyan shartlar asosida ishlashga ruxsat olishga haqli. Lotin amerikalikalik, qisqacha “latino” saylovchilar orasida Obamaning reytingi balandligicha qolmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5