Obama ittifoqchi davlat Iordaniyaga 1 milliard dollar va’da qildi

  • Amerika Ovozi

Obama Kaliforniyada, Iordaniya qiroli Abdulla bilan uchrashdi. 14-fevral, 2014-yil.

Oq uy rahbari Barak Obama arab dunyosidagi muhim ittifoqchisi Iordaniyaga 1 milliard dollar moliyaviy yordam va’da qildi.

U bu haqda Kaliforniyada, Iordaniya qiroli Abdulla bilan uchrashuv paytida e’lon qildi.

Iordaniya qo’shni Suriyadagi urush oqibatida oqib kelayotgan 600 ming qochqinni qabul qilib, salmoqli iqtisodiy zarar ko’rdi.

Qochqinlarning og’irini ko’tarish uchun ham Qo’shma Shtatlar bu davlatga madad bermoqchi.

Iordaniya Amerikaning Yaqin Sharqdagi hamkori. Mamlakat Isroil bilan tinchlik bitimi imzolagan.

Obama ma’muriyati Yaqin Sharqda Isroil-Falastin tinchlik muloqotini jonlantirish, Eron bilan yadro dasturi borasida murosa qilish, Suriyadagi urushni tugatishga intilar ekan, ittifoqchilar bilan muloqotga zo’r berayapti.