Suriyada urush avj olgani sari minglab odamlar mamlakatdan bosh olib chiqyapti. Bu orada BMT inspektorlari bu davlatda kimyoviy qurol qo’llangani haqidagi da’volarni tergov qilishga kirishdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobicha, o’tgan hafta Suriyadan qo’shni Iroqqa kamida 14 ming odam qochib o’tgan. Bu raqam yanada oshishi kutilayapti. Suriyalik Faris Sulaymon vatandagi qo’rqinchli manzarani shunday tasvirlaydi:
“Suriya o’likxonalarida boshsiz jasadlarni ko’rasiz. Nima uchun? Qaysi xalqaro qonunlar va me’yorlar bunga ruxsat berib qo’yibdi? Odamlarning boshini chopishmoqda, bolalarga shafqat qilishmayapti. Al-Nusra fronti nomli guruh qotilliklarga yo’l ochib berdi, ayniqsa, kurdlarni qirishga. Bu elatning mol-mulki, xotin-qizlarini tortib olishmoqda”, - deydi Qamishli shahridan qochib chiqqan suriyalik.
O’tgan yili Suriya armiyasi mamlakat shimoli-sharqida kurdlar yashovchi viloyatlarni tark etdi. Hukumat kuchlari bor e’tiborini poytaxt Damashq va boshqa muhim shaharlarga qaratdi. O’shandan beri Al-Qoidaga aloqador Al-Nusra fronti va Iroq islomiy davlati kabi guruhlar hududda kurdlar bilan qonli jang olib borayapti.
Suriyalik kurd Saad Ahmad ahvol qo’rqinchli tus olganini aytadi.
“Ish yo’q, odamlar och. Oilalar uy-joyini tashlab chiqishga majbur bo’layapti, vaziyat kun-sayin og’irlashib bormoqda. Fuqarolar o’zini xavfsiz his qilmayapti o’z yurtida”, - deydi suriyalik Saad Ahmad.
Terrorchilar Suriya muxolifati safiga kirib borayapti. Oppozitsiya vakili Rajaa Nosir ekstremistlar katta kuch, deydi.
“Suriyada muxolifat tomonida 150 ming kishi kurashayotgan bo’lsa, shundan 1500 nafari ekstremistlar. Ular tajribali, ishini biladi, jangda ustunlikka erishish yo’llarini boshqalarga o’rgatmoqda”, - deydi muxolifatchi.
Ushbu xabarlar xalqaro hamjamiyat xavotiriga sabab bo’lib, g’arb davlatlari oppozitsiyaga qurol uzatmay qo’ymoqda.
Urush ikki yildan oshiq vaqt davom etayapti. Bu payt ichida ikki million odam vatanidan bosh olib ketib, Livan, Iordaniya va Turkiyaga o’rnashdi.
Ayni paytda, BMT inspektorlari kecha Damashqqa yetib borib, kimyoviy qurol qo’llanayotgani haqidagi da’volarni tergov qilishga kirishdi. 20 kishidan iborat delegatsiya ikki hafta tekshiruv o’tkazadi.
Maqsad – zarin va boshqa zaharli moddalar ishlatildimi-yo’qmi, shuni aniqlash. Qaysi tomon ommaviy qirg’in qurolini qo’llaganini tekshirish BMT ekspertlari vakolatiga kirmaydi.
Delegatsiyaga qurollar sohasi bo’yicha mutaxassis shvetsiyalik Ayk Sellstrom boshchilik qilayapti. BMT Suriya hukumati bilan aprel boshidan beri muzokara qilgan edi. Rasmiy Damashqdan yaqingacha mamlakatga kirishga ruxsat tegmayotgan edi.
Xalqaro guruh uch shahar, jumladan, Halabni ko’zdan kechiradi. Prezident Bashar al-Assad hukumati va muxolifat bir-birini kimyoviy qurol ishlatganlikda ayblab tanqid qiladi.
Suriyadagi urush shu paytgacha, BMT hisobiga qaraganda, 100 mingdan ziyod odamning boshini yegan.