Vashingtonda shu hafta iqlim bo’yicha katta bir kelishuv e’lon qilinishi mumkin. Hindiston Bosh vaziri, Vashingtonga kelgan Narendra Modi atrof-muhitni muhofaza qilishga doir Parij bitimini imzolaydimi, yo’qmi?
Agar ma’qullansa, xalqaro kelishuv belgilanganidan oldin kuchga kiradi.
AQSh rahbari Barak Obama va Narendra Modi, dunyodagi ikki eng yirik demokratiyalar rahbarlari Oq uyda ko'rishdi.
“O’tgan yili Parijda qabul qilingan hujjatning imkon boricha tezroq kuchga kirishini ta’minlash, shuningdek, Hindistonda toza energiya lohiyalarini qanday moliyalash to’g’risida gaplashdik”, - deydi Obama.
Hindiston bosh vaziriga ko’ra, ikkala davlat iqlim masalasida yelkama-yelka turib ishlamoqda. Hindiston bunga jiddiy yondashayotgani boshqa rivojlanayotgan davlatlarga ham signal bo’ladi, deydi kuzatuvchilar.
O’tgan yili Fransiyadagi anjumanda qariyb 200 davlat atmosfera tozaligini ta’minlash bo’yicha katta va’dalar bergan edi. Bitim kuchga kirishi uchun uni kamida 55 davlat ratifikatsiya qilishi lozim.
Ayni damda, Obama ma'muriyati nazarida Hindiston mintaqada Xitoyga qarshi, uning Janubiy Xitoy dengizidagi agressiyasiga qarshi turib bera oladigan kuchdir.
Xususan, Vudro Vilson markazidan Maykl Kugelman so'zlariga ko'ra, Obama va Modining "jini-jiniga to'g'ri keldi", ikkisi murosaga oson kirdi. Holbuki, uch yil oldin Hindistondagi diniy g'alayonlar ortidan Modi, g'alamislikda tanqid qilinib, Amerikaga kirishi taqiqlab qo'yilgan edi.
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Dehli va Vashingtonning iqlim borasida kelishib ishlayotganidan mamnun. Parij bitimi nihoyat kuchga kirishi arafasida turgan bo'lsak, ajabmas, deydi u.
Shu bilan birga, Inson huquqlari bo'yicha Tom Lantos komissiyasi Hindistonda huquqiy muammolar talay ekanini eslatadi. Xususan, dalitlar yohud "tegib bo'lmaydigan qatlam"ga munosabat, mamlakatda chuqur ildiz otgan odam savdosini unutmaslik lozim, deydi komissiya rasmiylari.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5