Prezident Obama kecha “Sendi” dovulidan zarar ko’rgan Nyu-Jersi shtatini ko’zdan kechirdi. Uning aytishicha, federal hukumat shtat aholisiga qo’ldan kelgan barcha yordamni beradi.
Prezident Obama Nyu-Jersi gubernatori Kris Kristi bilan vertolyotda shtat uzra uchib, ahvol bilan tanishdi. Dovul oqibatida nobud bo’lganlar oila a’zolariga hamdardlik bildirib, uyini suv bosgan, chiroqsiz o’tirgan, jiddiy zarar ko’rgan fuqarolarga yordam va’da qildi.
"Sizni yolg’iz tashlab qo’ymaymiz. Tiklanish ishlari uchun zarur barcha ehtiyojlar qoplanadi", - dedi Obama.
Elektr ta’minotini tiklash birinchi darajali vazifa bo’lib, boshqa shtatlardagi elektr kompaniyalari ham yordam berishini aytgan, dedi prezident. Obamaning keskin tanqidchilaridan hisoblangan Nyu-Jersi shtati gubernatori, Respublikachilar partiyasining ko’zga ko’ringan arboblaridan biri Kris Kristi prezidentning ofatga tezkorlik bilan chora ko’rishga kirishganini olqishlab, yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.
"Yakshanbadan beri prezident bilan olti bor gaplashib, yurtboshining g’amxo’rligini his etdim", - dedi Kristi.
Nyu-Jersiga qo’shni Nyu-York va Konnektikut shtatlarida ham tozalash va tiklanish ishlari avjida, millionlab odamlar chiroqsiz o’tiribdi. Nyu-York metrosini suv bosgan, bir necha kundan so’ng qayta ishga tushishi aytilmoqda. Hududdagi uch yirik aeroportdan ikkitasi cheklangan xizmat ko’rsatmoqda, Lagvardiya xalqaro aeroporti esa toshqin sabab yopiq.
“Sendi” dovuli oqibatida Shimoliy Amerikada 45, Karib dengizi mintaqasida esa 65 odam o’lgan.
http://www.voanews.com/flashembed.aspx?t=phg&id=1536553&w=640&h=506&skin=embeded