AQSh prezidenti Barak Obama Eron yadro dasturi atrofidagi mojaroning diplomatik yo’l bilan hal etilishidan umidvor. Saylovdan keyingi ilk matbuot anjumanida Obama asosan iqtisod va Kongress bilan kelishmovchiliklar haqida gapirdi. Suriyadagi vaziyatga ham to’xtaldi.
Bashar al-Assadga sodiq armiya shahar va qishloqlarga o’q yog’dirishda davom etmoqda. Qo’shma Shtatlar yaqinda tuzilgan oppozitsion guruhlar koalitsiyasini tan olishga tayyormi?
Barak Obamaning aytishicha, Suriya muxolifati deb atalmish turli guruhlar til topisha olgani ijobiy hol va AQSh diplomatlari yangi koalitsiya bilan aloqada bo’ladi. Ammo ular Suriya kelajagi xususida yakdil bir pozitsiya bilan chiqishi kerak.
“Muxolifat tuzgan ittifoqni Suriyaning quvg’indagi hukumati deb rasman tan olishga hali erta. Ular demokratik tamoyillarga amal qilishini, Suriya erkin, mo’tadil jamiyatga aylanish sari qadam tashlaydi deb xalqaro hamjamiyatni ishontira olishi lozim”, - deydi prezident Obama.
AQSh Suriyadagi ahvol yuzasidan Turkiya, Iordaniya va Isroil bilan maslahatlashib ish tutmoqda. Yahudiy davlatini, xususan, kimyoviy qurollar xavfsizligi tashvishda soladi.
Matbuot anjumanida Obamadan Suriyadagi isyonchilarni qurollantirish haqida ham so’rashdi.
Javob shuki, oppozitsiya safiga ekstremistlar ham qo’shilgani haqida ishonchli ma’lumotlar bor.
“Shuning uchun bu masalada ehtiyotkor bo’lgan ma’qul. Amerika yoki Isroil xavfsizligiga xavf solishi mumkin bo’lgan shaxslar qo’liga qurol zinhor tushmasligi kerak”, - deydi Obama.
Ikkinchi muddatda Obama Eron bilan muzokaralarni kuchaytirishni mo’ljallayaptimi?
Ha, deya javob beradi AQSh rahbari. Kelasi bir necha oy ichida nafaqat Vashington-Tehron orasida, balki xalqaro hamjamiyat bilan ham dialogni jonlantirish ko’zlangan.
“Eron murosaga ko’nadimi - aytish mushkul. Mojaro tinch yo’l bilan hal bo’lishini istardim”, - deydi Obama.
Yadroviy izlanishlarni to’xtatishdan bosh tortgani sabab islomiy respublikaga kuchli sanksiyalar qo’yilgan. Eron atom quroli yaratish niyati yo’qligini ta’kidlab keladi.
Your browser doesn’t support HTML5