AQSh prezidenti Barak Obama Yaqin Sharq safarini Isroildan boshladi. Bu Obamaning prezident sifatida o'lkaga qilgan birinchi tashrifi.
Tashrif boshida AQSh rahbari Amerika va Isroil o'rtasidagi do'stlikni "abadiy va so'ngsiz" deya ta'riflagan. Tel-Aviv shahri yaqinidagi Ben Gurion xalqaro aeroportida so'zlagan qisqa nutqida Obama ikkinchi muddatini boshlagandan so'ng birinchi xorij safarini Isroildan boshlashga qaror qilganini, chunki har ikki mamlakat o'rtasidagi buzilmas hamkorlikni yana bir bor esga olish niyatida bo'lganini ta'kidlagan.
"Bu mamlakatlarimiz o’rtasidagi buzilmas rishtalarni yanada mustahkamlash uchun, Amerikaning Isroil xavfsizligini ta’minlashdagi shijoatini yana bir bor namoyish etish uchun, Isroil va qo’shni davlatlar bilan yuzma-yuz muloqot qilish uchun yaxshi imkoniyat", - dedi Obama.
Martabali mehmonni kutib olish uchun Isroil prezidenti Shimon Peres, bosh vaziri Benyamin Netanyaxu hamda boshqa bir qator nufuzli davlat rasmiylari aeroportga chiqdi. Netanyaxu mavjud tahdidlarga qarshi Isroilni qo'llab-quvvatlagani uchun Obamaga minnatdorchilik izhor qildi.
"Yaqin Sharq tarixiy o’zgarishlarni boshdan kechirayotgan bir paytda Isroil bilan yelkama-yelka turganingiz uchun, Isroilning o’zini har qanday tahdiddan himoya qilish huquqini qo’llab-quvvatlaganingiz uchun rahmatlar aytaman", - dedi bosh vazir Netanyaxu.
So'ng Netanyaxu Obamani shaharda joylashgan "Temir gumbaz" mudofaa tizimini ko'rishga olib bordi. Mamlakatni chetdan raketa va yadro hujumlaridan himoyalash maqsadida qurilgan bu sistema AQSh ko'magi bilan bunyod etilgan. G'azodagi XAMAS guruhi bilan 2012-yil noyabr oyida bo'lib o'tgan sakkiz kunlik qurolli mojaroda "Temir gumbaz" Falastindan uchirilgan ko'plab raketalarni urib tushirgani aytiladi.
Kun davomida Obama Peres va Netanyaxu bilan Eron masalasida muzokaralar o'tkazishi rejalangan. Davlat kotibi Jon Kerri prezidentga hamrohlik qilmoqda.
Payshanba kuni Obama G'arbiy Sohilda Falastin prezidenti Mahmud Abbos va bosh vaziri Salom Fayyod bilan uchrashadi. Shuningdek, u juma kuni Iordaniya qiroli Abdulla bilan ham muzokaralar o'tkazishi rejalangan. Ma’lumki, Iordaniya AQShning mintaqadagi eng yaqin ittifoqchilaridan bo’lib, ko’p sonli suriyalik qochqinlar shu mamlakatda jon saqlamoqda.
http://www.amerikaovozi.com/flashembed.aspx?t=phg&id=1625042&w=520&h=506&skin=embeded