12 yillik urushdan so’ng Afg’oniston yangi davrga qadam qo’yadi yoki qo’la oladimi? NATO qo’shinlari joriy yil oxirida bu davlatni tark etish taraddudida.
G’arbning harbiy madadisiz Afg’onistonda o’tmishda bo’lgani kabi yana fuqaro urushi avj oladi, degan xavotirlar bot-bot yangramoqda. Pokiston va Afg’onistondan bir guruh qabilaviy va harbiy yetakchilar Islomobodda shu mavzuni muhokama qildi.
Yig’in AQSh boshchiligidagi urushga qarshi chiqayotgan tomonlarni bir stol atrofiga to’pladi. Tolibonga xayrixoh guruhlar, siyosatchilar va diniy partiyalar.
Afg’oniston Oliy tinchlik kengashi so’zlovchisi Shahzoda Shahid oxirgi 10 yilda qo’lga kiritilgan ayrim yutuqlarni qo’ldan boy bermasligimiz kerak, deb hisoblaydi.
“Haqiqat shuki, bugungi Afg’oniston 12 yil oldingisidan ancha farq qiladi. Birgina Kunar viloyatidagi kichik bir chegara shaharda 500 maktab ishlab turibdi. Bir-biriga bog’lanib ketgan tekis yo’llar, milliy pulimiz, hokimiyat organlari bor”, - deydi kengash vakili.
Islomoboddagi yig’in qatnashchilarining aksariyati Afg’onistonda 2014-yildan keyin bitta ham xorijiy askar qolishiga qarshi. Afg’oniston sobiq bosh vaziri Ahmad Shoh Ahmadzay fikricha, mamlakatda tinchlik-osoyishtalik aynan shu shart bilan bog’liq.
“AQSh va NATO zobitlari qoladigan bo’lsa, Afg’onistonda hech qachon tinchlik bo’lmaydi. Jihodga chindan ishonadigan afg’onlar bu bosqinchilarga qarshi kurashyapti. Amerika aynan bosqinchi davlat. Ular bizga demokratiya va adolatni targ’ib qilishiga hojat yo’q. Bular xato shiorlar”, - deydi Ahmadzay.
Kelasi yillarda Afg’oniston demokratik qadriyatlar va xotin-qizlar huquqi bobida erishilgan yutuqlarni boy beradi, degan xavotir bor. Hukumat jangarilar bilan muzokara qilish ilinjida ekan, Tolibon bilan ittifoqchi “Hizb-e-Islomiy” singari guruhlar o’rtada vositachi.
“Hizb-e-Islomiy” so’zlovchisi G’ariat Bahir Amerika bilan xavfsizlik shartnomasini imzolashdan bosh tortayotgan Afg’oniston prezidentini mard deya olqishlamoqda.
“Vatandoshlarimni ham shunga da’vat etaman. Amerikaliklarni bu yerga afg’on xalqi taklif etgani yo’q, biz ulardan keting deb so’raganimiz ham yo’q. AQSh mujohidlarning keskin qarshiligiga uchrab, Afg’onistondan o’zi chiqib ketayapti”, - deydi Bahir.
Tolibon va unga ergashuvchi guruhlar orasida bunday qarash keng tarqalgan. Afg’oniston kelajagini hal qilishda Pokistonning roliga ham katta urg’u beriladi, chunki Tolibon rahbarlari o’sha yerda.
Pokistonlik senator Afrosiyob Xattak Islomobodning qo’shni davlatga nisbatan siyosatini keskin tanqid qilib keladi. Xususan, Pokiston harbiylarining jangari guruhlar bilan aloqalarini.
Uning nazarida AQSh, Pokiston va Afg’oniston bir-biridan maslahat olib, sa’y-harakatlarni muvofiq holda olib borishi darkor. Aks holda, 1990-yillardagi kabi fuqaro urushi takrorlanishi mumkin.
“So’nggi bor Afg’oniston shunday nuqtaga kelganida xalqaro terrorizm o’chog’iga aylangan edi. Bu gal etnik mojarolar alanga olishi va butun mintaqaga tarqalishi xavfi bor. Pokiston ham bu muammolardan chetda qolmaydi. Pokiston hukumati muayyan partiyalar va shaxslar bilan emas, to’g’ridan-to’g’ri Afg’oniston rahbariyati bilan ishlashi kerak”, - deydi siyosatchi.
Odatda tor manfaatlarni ko’zlaydigan hukumatlar, partiyalar va jangari guruhlar Afg’oniston kelajagiga nisbatan bunday yondashuvni qabul qilishi gumon. Ammo Pokiston taqdiri qo’shni davlat bilan chambarchas bog’liq ekan, mushtarak manfaatlar birinchi o’ringa qo’yiladi degan umid bor.
Your browser doesn’t support HTML5