Pokistonda ilk marotaba noharbiy hukumat besh yillik xizmat muhlatini yakunlamoqda. Umumiy saylovlar 11-mayga belgilangan. Bu mamlakat o’tmishini hisobga oladigan bo’lsak, Zardariy hukumati besh yilga chidab bergani tarixiy voqea, deydi tahlilchilar.
Pokiston armiyasining rahbari general Ashfaq Kiyani “biz siyosatga aralashmaymiz” degan va’dasida turgan ko’rinadi. Bu mamlakatda may oyida ilk bor hukumat tinch yo’l bilan almashishi kutilmoqda.
Sobiq general Atxar Abbosga ko’ra, Pokiston 1956-yilda islomiy respublikaga aylanibdiki, fitna, toqatsizlik va beqarorlikdan boshi chiqmaydi. Xalq saylagan hukumatlar qayta-qayta to’ntarilishi siyosiy institutlarni zaiflashtirib, omma ishonchini ham yemirgan.
“Ammo bugungi harbiy yetakchilar demokratiyani quvvatlash prinsipida mahkam turib, mamlakatning ertasini o’ylab ish tutishyapti. Ular nazarida, Pokiston jamiyati faqat shu yo’l bilan taraqqiy etishi mumkin”, - deydi general.
Bu yili siyosiy partiyalarga ilk bor mamlakat shimoli-g’arbidagi qabilaviy hududlarda tashviqot ishlarini olib borishga ruxsat berildi. Afg’oniston bilan chegaradosh yarim-avtonom bu mintaqalarni Pokiston hukumati maxsus qonunlar orqali boshqaradi.
Tadqiqotchi Ashraf Ali fikricha, bu qaror siyosiy integratsiya tomon ijobiy qadam.
“Omma bu o’zgarishlardan mamnun, chunki ularga haqiqatan ham o’zlari istagan nomzodga ovoz berish, siyosiy jarayonga qo’shilish imkoni berilyapti”, - deydi u.
Buning ahamiyati shundaki, qabilalar ishonchini qozonish Tolibon bilan tinchlik muzokaralarini osonlashtiradi va natijada jangarilar o’rnashib olgan hududlarda harbiy strategiya o’zgaradi.
“Pokiston hukumati va qurolli kuchlari bir-birini yaxshiroq tushuna boshlaganini ko’rib turibmiz. Har ikki tomon anglayaptiki, Tolibonni kuch bilan ko’ndirish qiyin. Askarlarni u yerdan chiqarib, muloqotni yo’lga qo’yish mavridi hozir”, - deydi Ashraf Ali.
AQSh Tinchlik instituti xodimi Karl Inderfurt harbiy va noharbiy rahbarlar orasidagi munosabatlarga e’tibor qaratadi.
“Pokiston qurolli kuchlari, jumladan razvedka idorasi, siyosatda hal qiluvchi rol o’ynashda davom etadi. Demokratiya va kuchli armiya bir-biriga zid tushunchalar emas. Gap bu yerda demokratik ravishda saylangan hukumat qarorlarini harbiylar hurmat qilishida va ularga amal qilishida”, - deydi suhbatdosh.
Bo’lajak hukumat oldida turgan asosiy muammolar bu – ishsizlik va energetik inqiroz. Sobiq general Talat Masud bularni hal qilish uchun hamjihatlik zarur, deydi. Agar yangi rahbarlar bo’shlik qilsa, hokimiyatda muvozanat yana o’zgarishi mumkin.
“Iqtisodiy muammolar ustuvor masala. Aholini energiya bilan ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish, mamlakatni idora etishda ular layoqatini ko’rsata olmasa, albatta, qurolli kuchlarning nufuzi oshadi, byurokratiya kuchayadi”, - deydi Talat Masud.
Ekspertlarga ko’ra, Pokistonda harbiylar ko’proq sahna ortidan bo’lsada, siyosiy dinamikani belgilashda davom etadi. Generallar bo’lajak hukumatning ichki va tashqi siyosatga doir qarorlariga qanchalik amal qiladi, bunisi ochiq masala, deydi siyosatdonlar.
Your browser doesn’t support HTML5