Falastin ma'muriyati BMT Xavfsizlik Kengashiga maxsus rezolyutsiya loyihasini yo'llagan.
Unda Isroil bilan tinchlik muzokaralarini bir yoqli qilishga bir yil tugal muhlat berish, 2017-yilgacha Isroildan Falastin yerlarini butunlay tark etish so'raladi.
Isroil nazarida bu taklif oraga ko'proq sovuqchilik olib kiradi.
Falastin davlati taqdiri bir yilda hal bo'lishi kerak, deyiladi Falastin nomidan Iordaniya taqdim etgan rezolyutsiyada.
Hujjat ma'qullanishi uchun kengashning 15 a'zosidan to'qqiz nafari rozi bo'lishi kerak. Biroq BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a'zosi veto qo'yishi mumkin.
Veto huquqiga egalar - Britaniya, Fransiya, Xitoy, Rossiya va Qo'shma Shtatlar. Amerika yaqin ittifoqchisi Isroilni nishonga oluvchi har qanday hujjatga veto qo'yib keladi.