AQSh va Rossiya shafeligida Suriyadan kimyoviy qurollarni olib chiqish va yo’q qilish rejasi ishlab chiqilayotgan bo’lsa-da, AQSh armiyasi hanuz hujumga shay turibdi.
Diplomatiya ish bermasa, deydi prezident Barak Obama, Suriya hukumatiga qarshi harbiy kuch qo’llanadi.
Vashington va Kreml Assad ma’muriyatini qurollarini topshirishga ko’ndirib ham bo’lishdi hisob. Ammo Tomagavk raketalari bilan jihozlangan AQSh harbiy kemalari O’rta Yer dengizini tark etmagan.
Harbiy-dengiz kuchlari vaziri Rey Mabusning aytishicha, kemalar u yerga aniq missiya bilan safarbar etilgan va bu missiya o’zgargani yo’q.
“Buyruq berilsa, mo’ljalga qaqshatqich zarba beramiz”, - deydi rasmiy.
Oq uydan buyruq kelsa, Mudofaa vazirligi harbiy kemalar va uzoq masofaga uchadigan raketalar bilan cheklanib qolmaydi. Ayni paytda kibermudofaa tizimlari ham shay holatda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, so’nggi oylarda Suriya AQShga qarshi ko’plab kiberxurujlar uyushtirgan. Harbiy-dengiz kuchlariga askar yollaydigan veb sahifa yaqinda ishdan chiqqani bunga bir misol.
Pentagon so’zlovchisi Damien Pikart kibermudofaa tizimlarini mustahkamlash va mutaxassislarni tayyorlash masalasiga e’tibor jiddiy ekanini aytadi.
“Biror davlat yoki guruh onlayn rejimda AQSh manfaatlariga ziyon yetkazmoqchi bo’lsa, bilsinki, AQSh hamlani qaytarib, ortig’i bilan javob berishga qodir”, - deydi rasmiy.
Pentagon bu jabhada nimalarni rejalab qo’ygani hech kimga ma’lum emas.
Tahlilchi Entoni Kordesman izohicha, kiber urush orqali Suriya hukumatiga qanchalik ta’sir qilish mumkin – bu faqatgina razvedkaga taalluqli nozik informatsiya.
“AQSh bu jabhada qanday qurollarga va qanday salohiyatga ega ekani haqida hech bir agentlik aniq ma’lumot bermaydi, chunki bu bilan dushmanga sirni boy bergan bo’lasiz”, - deydi u.
Ayni paytda AQSh O’rta Yer va Qizil dengizlaridagi harbiy kemalari bilan o’z kuchini namoyish etmoqda. Ammo uning arsenalida ko’rinmas qurollar ham bor.
Your browser doesn’t support HTML5