Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qo’shin jo’natishga haqli ekanini aytmoqda. Ammo u bu huquqdan foydalanishga to’g’ri kelmaydi degan umidda. Oxirgi xabarlarga ko’ra, Ukraina sharqidagi to’qnashuvlarda Rossiyaga moyil uch namoyishchi halok bo’lgan.
Putin televideniye orqali jonli muloqotda buni izohlab, Ukraina hukumatini halokatli oqibatlar haqida ogohlantirib, dialogga undadi.
Putin Qrimda Rossiya qo’shinlari faol harakat qilayotganini birinchi bor e’tirof etdi. Shu paytgacha prezident harbiy foymadagi bu odamlar mahalliy mudofaa kuchlari ekanini ta’kidlayotgan edi. Qrim yarim oroli o’tgan oy referendum ketidan Rossiyaga qo’shib olingan.
Biroq Ukraina sharqida bugun rus askarlari borligini Putin rad etdi. Bundan tashqari, Rossiya rahbari Ukraina hukumati qo’shinlarni ishga solayotganini jiddiy jinoyat deya tandiq qilmoqda.
Putin G’arbni Kiyevni o’ziga og’dirishga urinishda ayblab qattiq tanbeh berdi. Sharqiy regionlar aholisi bunga qarshi asosli isyon ko’tarmoqda, deb hisoblaydi Rossiya rahbari. Putin 25-mayga belgilangan saylovlar natijasini ham tan olmoqchi emas. Viktor Yanukovich hali hamon qonuniy prezident, deydi u.
Putin Jenevada o’tayotgan xalqaro muzokaralar samarali o’tishidan umidvor. Obama ma’muriyati muloqotga bosiqlik bilan yondashayapti va Moskvaga qarshi qo’shimcha sanksiyalarni joriy etish arafasida. Bundan tashqari, Qo’shma Shtatlar Ukraina qurolli kuchlariga yordamni oshirish taraddudida.

Your browser doesn’t support HTML5