Your browser doesn’t support HTML5
Rossiya rahbari Vladimir Putin Amerika va boshqa davlatlarni Suriyaga nisbatan yetti o’lchab bir kesishga undamoqda.
Bu mashmashaga aralashish ahmoqlik bo’ladi, deydi u, chunki prezident Bashar al-Assadning kuchlari isyonchilarni yengish arafasida va mamlakatda tinchlik o’rnatilishi mumkin.
Chet el hujumi faqat zarar keltiradi, deydi Putin.
BMT inspektorlari Suriyani ko’zdan kechiqib, hisobot yozmoqda. Ular bu davlatdan endigina chiqdi va xulosalarini eshitmay turib, Vashington biror qarorga kelmasligi kerak, deydi Putin.
“Agar Amerika qo’lida Suriya hukumati o’z xalqiga qarshi kimyoviy vositalar, ommaviy qirg’in qurollari ishlatgani haqida aniq isbot-dalillar bo’lsa, marhamat, ularni BMT inspektorlari va BMT Xavfsizlik Kengashiga taqdim etsin”,- deydi Rossiya prezidenti.
Inspektorlar topilmalarni BMT Bosh kotibi Pan Gi Munga beradi.
AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, o’tgan hafta Bashar al-Assad buyrug’i bilan Damashq yaqinida kimyoviy qurollar qo’llangan va 1400 dan oshiq fuqaro o’lgan, ulardan kamida 426 nafari bolalar.