AQShdagi so’nggi prezident saylovlarida Demokratik partiyadan nomzod Barak Obama qayta saylangach, qatorasiga ikkinchi saylovni boy berayotgan Respublikachilar partiyasi siyosat va strategiyasini qayta ko’rib chiqmoqchi.
Mag’lubiyat nutqi har bir siyosatchi uchun alamli onlardan biridir. Saylov kechasi respublikachi Mitt Romni ham ana shunday lahzalarni boshdan kechirishga majbur bo’ldi.
“Bu saylovni boy berdik, ammo tamoyillarimizdan voz kechganimiz yo’q,” - degan edi 6-noyabr oqshomida Romni.
Saylov yakunida Romni tarafdorlarining kayfiyati tushdi. Respublikachilar partiyasi esa mag’lubiyatdan to’g’ri xulosa chiqarishga harakat qilmoqda.
Luiziana gubernatori Bobbi Jindalning aytishicha, tamoyillarni saylovchilarga moslashtirish yoki o’zgartirishning keragi yo’q.
"Biroq elektoratga hurmat bilan qarasak, yaxshi bo’lardi”, - deydi u.
Jindal ozchilikdagi guruhlar, ayollar va yoshlar ovozlarini olish uchun ularga nisbatan konservativ qarashlarni yumshatishga chaqirayotgan respublikachilardan biri. Bu guruhlar so’nggi saylovlarda, asosan, Obamani qo’llab-quvvatlagan.
Sobiq prezident Ronald Reygan ma’muriyatini boshqargan Ken Duberstayn bu fikrga qo’shiladi.
“Tamoyilga 100 foiz sodiqlik saylovda doim ham g’alaba keltirmaydi, u bilan davlatni boshqarib bo’lmaydi. Amerikada siyosat oldi-berdi degani. Siyosat – bu murosa qilish san’ati.”
Respublikachilar ularning qarashlariga qo’shilmaydigan odamlar bilan ishlashni o’rganishi lozim, deydi Duberstayn.
“Oraga yangi to’siqlar qo’ymasdan, aksincha eskilarini olib tashlash zarur. Partiya hozir shu bilan shug’ullanishi kerak,” - deydi sobiq rasmiy.
Respublikachilar demografik muammo bilan yuzlashmoqda. Oq tanli saylovchilar soni qisqarmoqda, latinolar esa, aksincha ko’paymoqda, deydi Kaliforniya universiteti tarixchisi Mattyu Dallek.
“Respublikachilar oq tanli keksa protestant erkaklar partiyasi bo’lishdan qochishi lozim. Afro-amerikaliklar, latinolar, ayollar va yoshlar bilan ishlash kerak.”
Arizonadan Senatga saylangan Jon Kayl noqonuniy muhojirlarning farzandlariga mamlakatda qonuniy qolishga imkon berishga qaratilgan immigratsiya tizimini isloh qilish bobida latinolar bilan ishlamoqda.
“Bu dasturda ishtirok etayotgan ko’p odamlar uchun fuqarolikka yo’l ochiladi, agar ular buni istasalar”, - deydi senator.
Partiya ohangi ham bir oz yumshashi kerak, deydi Vashingtondagi Brukingz tahlil instituti xodimi Tomas Mann.
“Konservativ bo’lishning yomon joyi yo’q, ammo aqidaparastlik yoki mafkuraga mukkasidan ketib berilish kerak emas. Respublikachilar umumiy siyosiy oqimdan qattiq ajralmay yura oladimi, kelajakdagi qiyinchiliklarga yechim topa oladimi, mana shuni kuzatish qiziq bo’ladi.”
Tahlilchilar partiya ichida hali qizg’in tortishuvlar ko’p bo’lishini bashorat qilmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5