Rossiyada Bosh vazir Vladimir Putin prezidentlikka uchinchi bor kelish harakatida ekan, uning saylov kampaniyasi raisi, qonunchi va kino ustasi, Stanislav Govoruxin prezident Dmitriy Medvedevni yordam bermayotganlikda ayblamoqda.
Matbuotga bergan intervyusida, Govoruxun prezident ataylab uzoqda yuribdi, targ’ibot ishlariga bosh qo’shmayapti deya Medvedevni tanqid qildi.
Vaholanki, deydi u, Putinni prezidentlikka Medvedevning o’zi ko’rsatgan.
Bosh vazir matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa sal boshqacha fikrda.
Vakolat muddati tugayotgan prezident bosh vazirni har tomonlama quvvatlab kelmoqda, ayniqsa uni rahbarlikka munosib shaxs sifatida maqtab, deydi u.
Nafaqat oddiy xalq balki siyosiy doiralarda ham nega Medvedev ikkinchi bor saylanishga harakat qilmadi degan savol tez-tez o’rtaga tashlanadi.
Medvedev Putin xalq orasida unga qaraganda ko’proq nufuzga ega ekanini aytib, “siyosiy jihatdan bir fikrda ekanmiz, bellashishga hojat yo’q”, deya javob bergan.
4-mart kuni o’tadigan prezident saylovlari oldidan Rossiyada keng ko’lamli namoyishlar kutilmoqda. Putinni ablahlikda ayblaydigan muxolifat saylov natijasi haqiqatni aks ettirmaydi deya hozirdan qarshilik bildira boshlagan.