Britaniya bosh vaziri muovini Rossiyani futbol bo’yicha kelasi Jahon kubogi mezboni maqomidan mahrum qilishga chaqirmoqda.
Rossiyani shu tariqa Ukraina ixtilofidagi roli uchun jazolash kerak, deydi Britaniya rasmiysi Nik Klegg.
Uningcha, Moskvaga qarshi keskinroq sanksiyalarni qo’llash lozim. Prezident Vladimir Putin umumbashariy qoida, meyorlarni hurmat qilmasa, xalqaro musobaqalar boshida turishga munosib emas, deb hisoblaydi Britaniya bosh vaziri muovini.
Germaniya qonunchilari ham sal oldin chempionatni boshqa joyga ko’chirishga da’vat etgan edi.
Futbol bo’yicha mas’ul xalqaro organ – FIFA musobaqa Rossiyada o’tishini ta’kidlayapti.
Bosh vazir Deyvid Kameron boykot qilishga shoshmaslik kerak, degan fikrda. Biroq vazir idorasining bildirishicha, Rossiyaning xatti-harakatlari ketidan bunday da’vatlar yangrayotganini tushunsa bo’ladi.