Putin: Assadga yordam berishda davom etamiz

  • Amerika Ovozi

Tojikistonda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti sammitida qatnashgan Putin Assad siyosiy yechim yo'lida sog'lom muxolifat bilan ishlashga tayyor ekanini aytgan. Asosiy urg'u terrorizmga qarshi kurashga berilishi kerak, deydi u.

Amerika Mudofaa vazirligi Rossiya Suriyada harbiy havo bazasini barpo etayotgani haqidagi xabarlarni tasdiqlamoqda.

Pentagon matbuot kotibi, kapitan Jeff Deyvisning muxbirlarga aytishicha, Rossiya harbiylari va qurol-aslahasi sohilbo'yi Latakiya shahriga qatnashda davom etmoqda. Bu esa baza qurishga tayyorgarlikdan darak beradi.

Rossiya rahbari Vladimir Putin Suriyaga harbiy madadni himoya qilar ekan, Prezident Assadga terrorchilarga qarshi kurashda yordam berishda davom etamiz, degan.

Tojikistonda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti sammitida qatnashgan Putin Assad siyosiy yechim yo'lida sog'lom muxolifat bilan ishlashga tayyor ekanini aytgan. Asosiy urg'u terrorizmga qarshi kurashga berilishi kerak, deydi u.

Putin Rossiyaning aralashuvi Suriyadan qochayotgan odamlar sonini oshirgan degan gaplarni ham rad etdi.

Moskvaning yordamisiz Suriyadagi ahvol yanada og'irlashadi va qochqinlar soni ko'payadi, deb hisoblaydi Rossiya prezidenti.

Amerika rahbari Barak Obama Rossiyaning Suriyadagi harbiy faoliyati yuzasidan xavotir bildirgan, bu hol AQSh va ittifoqchilarga nizoni tinch yo'l bilan hal qilishda halaqit berishi mumkin, degan. Vashington Moskvani savolga tutadi, deydi Obama.