Ritm and Blyuz, qisqacha R&B Amerikada asos solingan musiqiy janr bo’lib, 70 yildan beri mashhur. Vaqt o’tgani sari bu kuy butun dunyoni o’ziga rom etdi.
Ritm va blyuz - Amerika javohiri. Uni qora tanli san'atkorlar kashf etgan. Bu musiqiy yo’nalish - gospel (nasroniy), jazz va blyuz jamlanmasi.
“Bu musiqani eshitib, Amerika haqida, bu yerda yashagan xalqlarning dardi va kurashi haqida tom-tom kitob o’qigandek bo’lasiz. Tinglagan boshqa elatlar ham kuydagi shodlik va g’amni tushunadi, chunki tariximiz baribir o’xshash. Eshitgan sari eshitging kelaveradi. Xohlagan davlatga boring, odamlar eshilib-to’lg’onib o’tirganini ko’rasiz”,- deydi Lonni Banch, san'atshunos.
R&B ustasi, qo’shiqchi Jerri Vilyams yaqinda Vashingtonda kechgan musiqa festivalni rosa qizdirdi.
1950-60 yillarga borib, Jeyms Vilyams shuhrat cho’qqisiga chiqib, R&Bga yangilik kiritdi va bu oxir oqibat Rok&Rollga aylandi.
Ko’z ochib yumguncha sahnani ayollar, Dayana Ross va "Suprims" (Supremes) egalladi.
Oradan yillar o’tib, "Tempteyshns" (Temptations) guruhi. So’ngra Maykl Jekson R&B dong’ini taratdi.
Aytishadiki, bu kuy yosh, irq va sinf nimaligi bilmaydi. U tinimsiz o’zgarib, boyib bormoqda. Janrning "bugi" va "du-vop" kabi ko’rinishlari og’ir-bosiqroq. Eski davrlarni eslatadi.
Zamonaviy qo’shiqchilarni tinglab, Ritm&Blyuzning o’ynoqi, goho gumbur-gumbur ohangi quloqqa chalinadi.