Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Dushanbedagi sammitida ko’plab muhim masalalar, jumladan Ukrainadagi vaziyatni yopiq eshiklar ortida muhokama qilgan. O’zbekiston prezidenti Islom Karimov muammoni ikki tomonlama muzokaralar orqali hal etishga chaqirgan. Karimov Tojikiston rahbari Imomali Rahmon va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham alohida ko’rishgan. Rossiya matbuoti tahlilicha, Putin Karimovni “to’g’ri” yo’lga solishga uringan.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5
Sammitda Karimov va Qozog’iston rahbari Nursulton Nazarboyev Ukrainadagi ziddiyatlarni muzokara orqali hal etishga chaqirgan.
Karimov deydiki, O’zbekiston boshidanoq Ukrainadagi ziddiyatni bevosita ikki tomonlama muloqot orqaligina hal etish mumkin deya eslatib kelmoqda.
"Biz Minskdagi kelishuvni, vaziyatni tinch yo’l bilan hal etishga qaratilgan harakatlarni, bu borada Rossiya va Ukraina tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslarni qo’llab quvvatlaymiz. Ikkinchidan, O’zbekiston 4- mart kuni bu borada bildirgan bayonotida qarama-qarshilikni Ukraina va Rossiya o’rtasida bevosita muzokalara o’tkazish bilan etishni taklif etgan edi. Bu taklif hamon dolzarbligini yo’qotman. Ukraina xolisroq yondashganda edi, aynan shunday bevosita muzokalara yo’lini tanlagan bo’lardi. Muzokaralarda Rossiyaning mintaqadagi manfaatlari ham inobatga olinishi kerak“, - dedi sammitda gapirgan Karimov.
Mart oyidagi bayonotida Toshkent Ukraina hududiy yaxlitligini yoqlab, tomonlarni bevosita muzokaraga chaqirgan edi.
Karimov sammit doirasida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon yuzma-yuz gaplashgan. Rahbarlari o‘zaro va mintaqaviy masalalar hamda Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashgan. Rasmiylarning bildirishicha, so'zlashuv juda ijobiy ruhda o'tgan. Ziddiyatli masalalar, xususan, energetika, chegara va suv muammolari haqida qanchalik gaplashilgan, noma'lum.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan alohida muzoka qanday o'tgani haqida ko'p ma'lumot berilmaydi lekiin shunisi aniqki, Toshkent Ukraina suveren davlat ekanini qayd etib turgani sabab Moskva bilan munosabatlar ancha sovuqlashgan.
“Rossiyskaya gazeta” Dushanbedagi uchrashuv haqida "Vladimir Putin Islom Karimovga oriyentasiyasini topishga yordam berdi” deb yozayotgan bo’lsa, Kommersant. Ru nashri “Vladimir Putin Islom Karimovning oriyentatsiyasini to’g’rilab qo’ydi” nomli maqola chop etdi. Materiallarning mazmuni mavhum va noaniq.
Rus matbuotidagi kesatiqlarga nishon bo’layotgan bu uchrashuvda Karimov so’nggi voqealardan ancha xavotirda ekanini izhor etgan. Vaziyat haqida turli mavhum tirqishlardan axborot olish bilan kifoyalanishga majbur ekanini aytgan Karimov siyosiy yo’nalish muallaq qolmoqda deya noligan.
Rossiya O’zbekistonning strategik hamkori bo’lib qolayotganini ta’kidlagan Karimov so’nggi voqealar bir qator yoqimsiz savollarni yuzaga chiqarganini va bu borada Putin bilan gaplashishga tayyorligini bildirgan. Ammo Karimov gap nima haqda ketayotganini ochiq aytmaydi. Masala asosan Ukraina bilan bog’liq ekanini taxmin qilish mumkin xolos.
Rossiya Qrimni tortib olishi, Ukraina sharqidagi vaziyatni beqarorlashtirishi Markaziy Osiyoda ham kuchli xavotir uyg’otgan. Bu narsa ShHT sammitida O’zbekiston va Qozog’iston prezidentlari tomonidan ham ta’kidlab o’tildi. Ukraina ssenarsiysidan hadiksirayotgan mintaqa davlatlari suverenitet va hududiy yaxlitlikni asrash yuzasidan jiddiy o’ylanib qolgan.