Qo’shma Shtatlarda hukumat byudjetni ma’qullanmagani bois ishdan to’xtab qoldi. Lekin hayot davom etmoqda. Xususiy sektor, nohukumat tashkilotlar va boshqa mustaqil muassasalarda faoliyat joyida.
Vashington unchalik gavjum emas. Davlat organlarining eng zarur xizmatchilari ishga qatnamoqda. Jamoat transportida odamlar 25 foiz kamaygan.
Postport idorasida uzun navbatda turganlarni ko’rasiz. Chet elga safar qilish umidida yurgan amerikaliklar.
“Pasportimni ololmasam ishim chatoq. Yillik ta’tilni xorijda o’tkazaman deb pul yig’ib, endi ketaman deb turganimda hukumat yopilib qoldi. Mayli, pasportimni olsam bo’ldi”,- deydi biz bilan gaplashgan Adriel Fridlander.
Pochta ishlayapti. Maishiy xizmatlar, xususan mahallalardan axlat olib ketadigan kompaniyalar ham ishini qilayapti. Hukumat pensiya va ijtimoiy himoyani to’layapti. Aeroportlarda reyslar to’xtamagan.
Yaponiyalik sayyoh Sarina Kavara “Amerikaga shu paytda kelganimni qarang” deydi.
“Dugonam hozir eng qiyin payt-ku, hammayoq yopiq dedi. Haqiqatdan ham Vashingtondagi eng qiziq joylar berk”.
Lekin shaharni shunday sayr qilish ham maza, deydi u. Restoranlar, galereyalar ochiq.
Kim bilan gaplashmang, hukumatni so’kadi, Kongressni ham, Oq uyni ham. Byudjetsiz qolish davlat uchun sharmandalik, deydi amerikaliklar.
Deyvid Kuk, urushlarda xizmat qilgan otaxon, chet eldan nabirasini kutib olish uchun aerportda. Davlat idoralarida ishlaydigan odamlarga qiyin bo’ldi, deydi u. Maoshsiz ishlayapti yoki majburiy ta’tilda.
Hayot kundan kunga qimmat. Tirikchilik shundoq ham o’gir, deydi u.
Hukumatdan mablag’ oladigan maktablar ham yopiq. Norozi ota-onalar namoyishga chiqib, Kongressni qoralamoqda. Partiyaboz siyosatchilar deb bolalar bilim ololmayapti, deydi ular.
“Qani, Kongress a’zolari o’z maoshini chiqarsin-da, qiynalib qolgan oilalarga bersin. Ular o’zi ishlayapti axir”,- deydi o’zini Nay deb tanishtirgan ona.
“Endi yangi dastur boshlaymiz deb turgan edik. Yangi moliyaviy yildan umidlar katta edi”,- deydi Yolanda ismli o’qituvchi. Moliyaviy yil 1-oktabrda boshlandi.
Uy olaman yoki biznes ochaman deb yurgan amerikaliklar ham kutishga majbur, chunki hukumat tasdig’i kerak bo’lgan biror ishni bitirib bo’lmaydi hozir. Tegishli idoralarga qulf osilgan.
Rasvogarchilik, deydi Indiana shtatilik Rid.
Your browser doesn’t support HTML5