Amerikada byudjet ustida tinmayotgan bahslar mamlakatning xorijdagi obro’siga zarar qilishi mumkin.
Hech bir tomon yon beray demadi, hukumat ishdan to’xtab qoldi.
O’rtada boshqa boshog’riq bor: 17-oktabrga qadar Kongress qarz shiftini ko’tarishi kerak, bo’lmasa davlat moliyaviy majburiyatlarini bajarolmay qoladi.
AQShdagi iqtisodiy tanglik global maydonda sezila boshladi, jumladan, London bozorida.
“Yana global iqtisodiy tanazzul girdobiga tortilamiz, degan qo’rquv bor. Avvalgi krizisdan hali tuzalganimiz yo’q-ku”, - deydi Olliver Elliot, talaba.
“Ikki partiya yoqalashgani yoqalashgan. Qilmishining oqibatlarini o’ylamayapti”, - deydi Beverli Tomas, iqtisodchi.
Vashingtondagi karaxtlik AQShning xorijdagi obro’siga zarba, deydi tahlilchi Jeyms Lindzi:
“Chet davlatlar, mamlakat rahbarlari, hukumatlar Amerikaga ishonsak bo’ladimi, deb o’ylanib qolgan”.
Vatandagi janjal bois prezident Obama Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlarining Indoneziyadagi sammitiga bormadi. Prezident o’rniga bosh diplomat Jon Kerri ketdi.
“2004-yilda prezident lavozimi uchun kurashganim esimda. Salkam 10 yil o’tib taqdir bunaqa hazil qilishini kim bilibdi?” - dedi Kerri.
Osiyo davlatlari anjumanida Obama ko’rinmagani yaxshi bo’lmadi, deydi Jeyms Lindzi.
“Mintaqada gap-so’z bo’lishi aniq. Osiyo rahbarlari AQShdan shubhalanishi, sodiq va mahkam sherik bo’ladimi, deb o’ylanishi tabiiy. Amerika Osiyo regionida uzoq muddatli maqsadlarni ko’zlayaptimi yoki o’z muammolari bilan bo’lib yakkam-dukkam ish qiladimi? Mintaqada salmoqli ishlar qilishga salohiyati yetadimi?” - deydi mutaxassis.
Ekspert Jon Fortiyer fikricha, Vashingtondagi janjallar hali beri tinmaydi:
“Hukumatimiz, siyosiy partiyalar g’oyat tarqoq, o’rtada farq osmon bilan yercha... Bu ham endi normal holatga aylanishi ehtimoldan xoli emas”.
U holda butun dunyo shunga moslashishi kerak bo’ladi, deb hisoblaydi Jeyms Lindzi:
“Bir moliyaviy jarlikdan boshqasiga sakrab yashaymiz, o’xshaydi. Bu esa barqaror kelajakdan, stabil sarmoyadan umidni uzavering, degani. AQShga nisbatan ishonch ham, avvalgi nufuz ham qo’ldan ketishi mumkin”.
Siyosiy tortishuvlar faqat Vashingtonda kechsa-da, ehtiyot chora ko’rilmasa, jabrini butun dunyo tortadi.