Breaking News

AQSh: Hukumat yopiq, ishsizlar majburiy ta'tilda


AQShda davlat xizmatchilari majburiy, bepul ta'tilda/ US government shutdown/Furlough
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:34 0:00

AQShda davlat xizmatchilari majburiy, bepul ta'tilda/ US government shutdown/Furlough

Ma’lumki, AQShda federal byudjet tasdiqlangamani bois 1-oktabrdan boshlab hukumat ishi to’xtagan. Davlat idoralarida ishlaydigan 800 ming odam majburiy ta’tilda. Bundaylar eng ko’p shahar - poytaxt Vashington, albatta. Kongressda tortishuvlar davom etar ekan, ayrim mahalliy bizneslar ishsizlarning ruhini ko’tarishga harakat qilayapti.

AQSh: Hukumat hamon yopiq, ishchilar majburiy ta'tilda/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:01 0:00
Yuklab oling

Hukumat ishi to’xtagan. Restoranlar mijozlar bilan gavjum.

“Ishsiz qolgan hukumat xizmatchilariga bepul kofe beryapmiz. Lekin Kongress a’zosi bo’lsangiz, ikki baravar ko’p to’laysiz. Shunday qoida joriy etdik”.

Merilend shtatidagi “Deyli Dish” pitsaxonasi sohibasi Zena Polin hukumat yopilganini eshitgach, ishchilarga bepul kofe beramiz, deb internet orqali e’lon qildi. Mijozlar mamnun.

“Federal hukumat xodimi bo’lganim uchun bugun ishga chiqmadim, tekinga kofe ichyapman,” - deydi ishsiz qolgan bir amerikalik.

“Maktabda darsdan qochgan vaqtlarimiz esimga tushib ketdi. Lekin maoshim qisqarishini o’ylasam, kayfiyatim buziladi,” - deydi yana biri.

Majburiy ta’tilga chiqqan xodimlar ishlamagan kunlari uchun pul olish-olmasligi hozircha noma’lum.

Vashingtondagi “Kenguru” tungi klubida bundaylarga bepul ichimlik ulashilyapti.

“Hukumat siz haqingizda o’ylamayaptimi, mana biz qay’guramiz”,- deydi klub egasi Kristofer Pauers.

“Majburiy ta’til, nima qilamiz endi, dam olishga harakat qilamiz-da. Bepul ichimliklar bor ekan bu yerda,” - deydi bu yerda kelganlardan biri.

Bir qarashda bu odamlarning kayfiyati chog’ ko’rinadi. Aslida xavotirlari ko’p.

Elizabet Bauers Mudofaa vazirligida ishlaydi:

“Albatta, keyingi maoshimni olgunimcha pulni tejashim kerak. Oila xarajatlarini hisob-kitob qilayapman”.

“Ijarada turaman. Bu oy ijara pulini kech to’lashga majbur bo’laman,” - deydi yana bir ayol.

“DC Reynolds” restoranida ham bir ichimlik sotib olsangiz, ikkinchisi bepul.

Bu odamlar shu mahallada yashaydi, doimiy kliyentlar, deydi restoran sohibi Jeremi Gifford.

“Biz 1-2 kun ularga yordam berib yuborsak, hech narsa qilmaydi. Endi bu hukumat yopilishi cho’zilib ketmasa bo’lgani”, - deydi u.

Fuqarolar g’azabda. Kongress a’zolarini murosasizliklda, noshudlikda ayblashadi.

“Bu qanday axmoqlik, axir! Kongressning eng asosiy vazifasi davlat g’aznasida pul bo’lishini ta’minlash emasmi, ular shuning ham uddasidan chiqolmadi”, - deydi Nikolas Verner.

“Mamlakatni jar yoqasiga olib kelishdi” - deydi yana biri.

“Hukumat byudjetini tasdiqlashi kerak bo’lgan odamlar o’z maoshini olishda davom etadi. Ular uchun 800 ming odamning ishi va hayoti o’yinchoq ekan-da!” - jo'r bo'ladi unga yana bir vashingtonlik.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG