Halab - Suriyaning eng qonli, xavfli shaharlaridan

  • Amerika Ovozi

Halab, Suriya

Muxolifat qarorgohi hisoblangan Halabda oxirgi bir yilda o’lganlardan 567 nafari bolalar, 283 nafari ayollar.
Faollarning aytishicha, Suriyaning Halab shahri va tevaragida oxirgi yilda armiya havo hujumlarida salkam ikki ming odam nobud bo’lgan.

Muxolifat qarorgohi hisoblangan Halabda o’lganlardan 567 nafari bolalar, 283 nafari ayollar.

Bu haqda Britaniya asoslangan va Suriyadagi aholi berayotgan manbalarga tayanuvchi kuzatuvchi guruh ma’lum qilmoqda.

3-iyunda Suriyada prezident saylovlari rejalangan. Faollarning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, bunaqa sharoitda xolis va erkin saylovlar o’tkazish mumkin emas.

Prezident Bashar al-Assad poygada osonlikda g’alaba qozonishi taxmin qilinadi. Muxolifat va xalqaro kuzatuvchilar jarayonni safsata deya rad etayapti.

Fuqarolik urushi shu paytgacha 150 mingdan ziyod odamni hayotdan olib ketdi.

Oppozitsiya qo’lidagi Halabda janglar ayniqsa shafqatsiz kechayapti. Hukumat benzin va temir to’ldirilgan bombalardan aholi turar joylarida keng foydalanayotgani aytiladi.