Bugun Suriya poytaxti Damashq va boshqa yirik shaharlarda prezident Bashar al-Assadni qo'llab-quvvatlab, mana ikkinchi kundirki, o'n minglab odamlar ko'chaga chiqqan. Ular Arab Ligasining Suriyani a'zolikdan ayirish qaroriga norozilik bildirmoqda.
Suriya hukumati chorshanba kungacha zo'ravonliklarni bas qilmasa, chorshanba kundan boshlab ligadan chiqariladi. Kecha tashkilot a'zolari ovoz berib, shunga kelishgan.
Arab Ligasi prezident Assadni muxolifat bilan muloqot boshlashga ham chaqirmoqda. Tashkilot qaroridan norozi suriyaliklar Damashqda Saudiya Arabistoni va Qatar elchixonalariga hujum qilgan. Bu ikki davlatdan tashqari yana 16 mamlakat Suriyani 22-a'zolik ligadan chetlatishga ovoz bergan.
Saudiya Arabistoni o'z elchixonasiga hujumni qoralamoqda.