Suriya mamlakatga Arab Ligasi kuzatuvchilarini kiritishga doir hujjatni imzoladi. Rasmiy Damashq namoyishchilarni ta'qib qilmaslikka va'da berdi. Liga kuzatuvchilari bu holni nazorat etish vazifasini olgan.
Hujjat Misr poytaxti Qohirada imzolangan. BMT hisobicha, to'qqiz oydan beri davom etayotgan zo'ravonliklarda Suriyada salkam 5000 odam o'lgan.
Arab Ligasi prezident Bashar al-Assadni zulmni bas qilishga bir necha bor chaqirgan edi, ammo da'vatlar ish bermagach, Suriya tashkilotdan haydaldi, unga diplomatik va iqtisodiy sanksiyalar qo'yildi.
Suriya kuzatuvchilarni mamlakatga kiritish evaziga sanksiyalarni bekor qilishni so'ragan. BMT Xavfsizlik Kengashi Rossiya va Xitoy qarshiligi bois Suriyani qoralovchi rezolyutsiyani qabul qilmay kelayotgan edi.
O'tgan hafta Rossiya yangi rezolyutsiya loyihasini taklif etgan. Zo'ravonliklarni qoralovchi bu hujjatda sanksiyalarni kuchaytirish haqida band yo'q. Xitoy uni qo'llab-quvvatlashini aytmoqda.