Breaking News

Xalqaro Amnistiya: Islohot - davr talabi


Misr poytaxti Qohiraning Tahrir maydonida norozilik namoyishlari. 2011-yil noyabr.
Misr poytaxti Qohiraning Tahrir maydonida norozilik namoyishlari. 2011-yil noyabr.

“Amnesty International” – “Xalqaro amnistiya” inson huquqlari tashkiloti Yaqin Sharq hukumatlarini aholi talab qilayotgan islohotlarni amalga oshirishga chaqirmoqda.

Dushanba kuni e’lon qilingan hisobotda aytilishicha, islohotlarsiz mintaqada norozilik namoyishlari va zo’ravonliklar davom etadi.

Hukumat xalq talab va xohishlarini anglab yetmas ekan, odamlar repressiyadan to'yganini ayon etaveradi.

“Hukumatlar misli ko’rilmagan o’zgarishlar yuz berganini tushunishi kerak. Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi norozilik namoyishlarini endilikda osonlikcha to’xtatib bo’lmaydi. Bu aniq. Xalq adolat uchun kurashni davom ettiradi”, - deydi tashkilotning Yaqin Sharq bo’limi rahbari Fillip Lyuter.

Hisobotda qayd etilishicha, inqilob paytida ilgari surilgan talablar konstitutsiya va qonunlarda o’z aksini topgan bo’lsa-da, amalda vaziyat sezilarli darajada o’zgarganicha yo’q.

Masalan, Misrda politsiyaning namoyishchilarga zo’ravonligi hatto eski tuzum davridagidan ham qattiqroq.

Shu bois G’arb davlatlari Yaqin Sharqdagi yangi hukumatlar bilan munosabatlarni ehtiyotkorlik bilan rivojlantirishi kerak, deydi Filip Lyuter, ayniqsa bu davlatlarga qurol-aslaha sotayotganida.

Xalqaro Amnistiya: Islohot - davr talabi
Xalqaro Amnistiya: Islohot - davr talabi

“Odamlar o’tmishdan saboq oldi. Hukumatga ishonch yo’qolgan",- deydi u.

“Xalqaro hamjamiyat ham Yaqin Sharqdagi inqiloblarning mohiyatini to’la tushunib yetmadi”, - deyiladi “Amnesty International” hisobotida. Misr va Liviyada namoyishchilar tarafini olgan G’arb Suriya va Bahraynda xalqqa tayanch bo'la olmadi. Arab Ligasi, Afrika Ittifoqi va Yevropa Ittifoqi “tuturuqsiz siyosat” yuritmoqda.

Tashkilot nazarida Saudiya Arabistoni va Eron Suriyadagi jarayonlarga salbiy ta’sir ko’rsatgan. Birlashga Millatlar Tashkiloti (BMT) vaziyatga aralashmoqchi bo’lganida, Rossiya va Xitoyning bunga qarshi chiqdi va natijada qon to’kildi,- deydi Fillip Lyuter.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG