Damashq uchun jang avjida

  • Amerika Ovozi
Suriyalik faollarning aytishicha, armiya Damashq atrofi ustidan nazorat uchun olishar ekan, hududni bombardimon qilib, qo’shimcha askarlarni safarbar etgan.

Your browser doesn’t support HTML5

Kundalik Eshittirish, 7-dekabr, 2012-yil


Isyonchilar qo’lidagi Daraya va Modamiya tumanlariga raketa yog’dirilgan.

BMT elchisi Laxdar Braximiyning aytishicha, Qo’shma Shtatlar va Rossiya Suriyani jarlik yoqasidan qaytarish zaruratini tan olgan. Bu masalada tomonlar hamfikr, deydi Braximiy.

U kecha Irlandiyadagi inson huquqlari anjumani doirasida Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan shu mavzuda muzokara o’tkazgan edi.

AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta razvedka ma’lumotiga tayanib, Suriya rahbari Bashar al-Assad isyonchilarga qarshi kimyoviy qurol qo’llashga moyil, demoqda.

Fuqarolik urushida qo’zg’olonchilar qo’li baland kelar ekan, hukumat qudratli qurolni ishga solishi ehtimoldan xoli emas, deya mulohaza qiladi Panetta. Rasmiy Damashq esa kimyoviy aslahamiz bo’lgan taqdirda ham hech vaqt uni xalqqa qarshi ishlatmaymiz, deya javob qiladi.