Katta Sakkizlik davlatlarining Irlandiyadagi majlisida Suriya yuzasidan qo’shma bayonot qabul qilindi.
Hujjat qon to’kishni bas qilishga hamda tinchlik muzokaralarini imkon boricha tezroq boshlashga chaqiradi, ammo prezident Bashar al-Assadning hokimiyatdan ketish-ketmasligi haqida hech narsa deyilmagan.
Britaniyada asoslangan Suriya huquq markazi ma’lumotiga ko’ra, isyonchilar Halab shahridan Turkiya tomon yo’nalgan trassada tekshiruv punktini o’z nazoratiga olgan. Yana bir necha shunday punktlar bosib olinsa, hukumatning shimol tomon ta’minot yo’lini uzib qo’yish mumkin, deydi markaz rahbari Rami Abdulrahmon.
Irlandiyada qabul qilingan deklaratsiyaga ko’ra, bo’lajak tinchlik muzokaralarida qatnashishni istagan tomonlar al-Qoidaga aloqador jangarilar Suriyadan haydab chiqarilishiga ko’nishi shart.
Dunyoning qudratli davlatlari suriyalik qochqinlar uchun yana 1,5 milliard dollar yordam va’da qildi. Ham hukumat, ham isyonchilar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik hollarini qoraladi.
Sammit mezboni, Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron so’zlariga ko’ra, yetti banddan iborat reja Suriyada bora-bora muvaqqat bir organ tuzilishini va bu organ ijroiya vakolatlariga ega bo’lishi nazarda tutadi.
Tinchlik muzokaralari qachon va qay shaklda o’tishini AQSh va Rossiya birgalikda hal qiladi. Lekin xalqaro konferensiya avgustdan oldin o’tishi amri mahol, deydi diplomatlar.
Suriya uzra harbiy parvozlarni taqiqlash masalasi so’nggi payt tez-tez quloqqa chalinayotgan bo’lsa-da, AQSh va NATO rasmiylariga ko’ra, bunday operatsiya rejalanayotgani yo’q. Assad ma’muriyatining eng yaqin ittifoqchisi Rossiya ham bunga aslo yo’l qo’ymaymiz, deb kelmoqda.