Suriya xavfsizlik xizmati va rasmiy matbuotining ma’lum qilishicha, prezident Bashar al Assadni yoqlagan taniqli tahlilchi Livanda o’ldirib ketilgan.
Muhammad Darra Jamo bugun ertalab Sarafand shahrida otib ketilgan.
Suriyaning “Sana” axborot agentligi voqeada terrorchilarni ayblayapti. Assadning hukumati unga qarshi kurashayotgan isyonchilar, muxolifatchilarga nisbatan aynan shu iborani qo’llaydi.
Bu orada, BMT rasmiylarining bildirishicha, Suriyadagi urush har oy 5 ming odamning boshini yemoqda. Qochqinlar ko’lami esa 1994-yilgi Ruanda falokatini eslatadi.
BMTning Inson huquqlari bo’yicha mas’uli Ivan Simonovich kecha BMT Xavfsizlik Kengashida so’zlab, o’ldirishlar ixtilof nihoyatda qo’rqinchli tus olayotganidan dalolat beradi, dedi.
Bolalar ushlanib, qiynoqqa solingani va qatl etilganini isbotlovchi hujjatlar bor, deydi u. Qatliom toifasiga kiruvchi voqealar tobora tez-tez ro’y berayapti, deydi Simonovich.
BMT mulozimi so’zlariga qaraganda, muxolifat va armiya insonparvarlik yordami tinch aholiga yetib borishiga to’sqinlik qilayapti.
Suriyaning Xavfsizlik Kengashidagi vakili esa xalqni gumanitar yordam bilan ta’minlash uchun qo’ldan kelgancha harakat qilayapmiz, demoqda.
Rasmiy Damashq muammoda Suriyaga boshqa davlatlardan kirib borgan terrorchilarni ayblayapti.
Suriyadan so'nggi tasvirlar:
http://www.voanews.com/flashembed.aspx?t=phg&id=1701688&w=640&h=506&skin=embeded