AQSh davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, mustaqil tergov xulosalari Suriyada o’tgan oy aholiga qarshi zarin gazi qo’llanganini tasdiqlamoqda. Jabrdiydalardan olingan soch tolasi va qon Amerikada tekshirilib, ularda zaharli gaz qoldiqlari topilgan.
Kimyoviy hujumda Suriya hukumatini ayblab, unga qarshi urushga hozirlanayotgan prezident Barak Obama Kongress ruxsatisiz hujum boshlamasligini aytdi.
Kerri qonunchilar bu ishga fotiha berishidan shubhalanmaydi, biroq, deydi davlat kotibi, prezidentning Kongress qarorisiz ham ish ko’rishga haqqi bor.
Suriya davlat axborot agentligi prezident Bashar Assad so’zlarini keltirar ekan, tashqi hujumni qaytarishga qodirmiz, deydi.
Suriya muxolifati Obamaning hujumni kechiktirish qaroridan afsusda ekanini aytib, Konressdan masalani ijobiy hal etishni so’ragan.
Kecha AQSh rahbari Oq uydan turib xalqqa murojaat qildi. U Suriya hukumatiga tegishli ayrim nishonlarni urishga qaror qilganini bildirdi. Biroq, dedi Obama, hujumdan oldin masalani muhokama qilmoq zarur. Prezident hujum havodan turib amalga oshirilishini aytib, Suriyaga qo’shinlar kiritilmasligini ma’lum qildi.
Kongress hozir ta’tilda. Qonunchilar ishga bir haftadan so’ng qaytib, Oq uy iltimosini ko’rib chiqadi.
Bu o’rtada Suriyada tergov olib borgan BMT ekspertlari ishini yakunlab, kecha mamlakatni tark etgan. BMT bosh kotibining so’zlovchisi bergan xabarga ko’ra, Pan Gi Mun missiya rahbari bilan bugun uchrashib, tergov xulosalari haqida ma’lumot oladi. Ekspertlar guruhi to’liq hisobotni qachon taqdim etishi ma’lum emas.
BMT matbuot kotibiga ko’ra, inspektorlar kimyoviy qurol qo’llangani da’vo qilingan bir necha hududda bo’lib, namunalar to’plagan, joylarda guvohlar, shifokorlar va jabrdiydalar bilan suhbat qilgan. Namunalar BMT laboratoriyalarida o’rganiladi.
Suriya hukumati kimyoviy hujumlar uning ishi ekanini inkor etib, aybni isyonchilarga to’nkamoqda. Biroq G’arb va AQSh o’zgacha fikrda.
Fransiya ichki ishlar vaziri Manuel Vallsning aytishicha, uning mamlakati Suriyaga qarshi yolg’iz hujum qilmaydi va AQSh Kongressi qarorini kutadi.
Kecha ko’p mamlakatlarda Suriyaga qarshi urush rejasini qoralab, odamlar namoyish qilgan.