Xalqaro Amnistiya Suriya qo'shnilarini qochqinlarni haydamaslikka chaqirdi

  • Amerika Ovozi

Suriyalik qochqin qiz

Xalqaro Amnistiya tashkiloti Suriyaning qo’shnilari, jumladan, Iordaniyadan qochqinlarga eshiklarni ochishni so’radi.

Vatanini tark etishga majbur bo’layotgan bu insonlarni qaytarib yubormang, deyiladi tashkilot murojaatida.

Xalqaro Amnistiyaning bildirishicha, Iordaniya kimni kiritish-kiritmaslik masalasida qat’iy cheklovlar joriy etgan.

Tashkilot xalqaro hamjamiyatni qochqinlarga boshpana berayotgan davlatlarni moliya va boshqa yordam bilan ta’minlashga da’vat etadi.

Shuningdek, Suriyada kimyoviy qurollarni yo’q qilish jarayoniga ko’z-quloq bo’layotgan xalqaro tashkilotning bildirishicha, vazifa uddalandi. Xususan, bunday qurollarni ishlab chiqaruvchi jihozlar endi yaroqsiz ahvolda.

Kimyoviy aslahani taqiqlash xalqaro guruhi jarayonni bosqichma-bosqich kuzatayapti. Suriya hukumati jumaga qadar bu texnikani buzishi kerak edi.

Endi mamlakat kelasi yil o’rtalarigacha kimyoviy qurollar omborlaridan qutulishi lozim.

Suriyadan oxirgi tasvirlar