BMT elchisi: Suriya hukumati va muxolifat muzokarada

  • Amerika Ovozi

BMT elchisi Staffan de Mistura bugun, seshanba kuni Jenevada Suriya hukumati delegatsiyasi bilan ko'rishdi.

BMT elchisi Staffan de Mistura bugun, seshanba kuni Jenevada Suriya hukumati delegatsiyasi bilan ko'rishayapti.

Urishayotgan taraflar bilvosita tinchlik muzokaralariga kirishgan va de Mistura jahon ahlini jarayonni qo'llab-quvvatlashga undayapti.

Bu Suriya hukumati va isyonchilarni nihoyat gaplashishga ko'ndirish yo'lidagi mashaqqatli urinishlar mahsulidir. Toki mamlakatda qonli otishma to'xtasin, siyosiy murosaga erishilib, saylovlar o'tkazilsin.

De Mistura hukumat vakillari bilan uchrashuvdan keyin Suriya muxolifati bilan gaplashadi.

Suriya muxolifatidan Muhammad Allush tinchlik muzokaralari natija berishiga ko'zi yetmasligini aytadi.

Bu yerda nima gap bo'lishidan qat'i nazar Suriyada ahvol o'zgarayotgani yo'q, deydi u. Suriya hukumati va'dasini bajarishiga ishonmaymiz, deydi Allush.

Suriyada 2011-yildan beri tinmayotgan urush 260 mingdan oshiq odamni hayotdan olib ketdi. Millionlab odamlar uyini tashlab sarson yashashga majbur. Jenevadagi muzokaralar bu urushga barham berishga qaratilgan eng keng ko'lamli sa'y-harakat deya ko'rilmoqda.